To‘lov tizimlarida axborot xavfsizligi talablari belgilandi
Markaziy bank boshqaruvining «To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilarining to‘lov tizimlarida axborot xavfsizligini ta'minlash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi.
Nizom «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi, «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi, «Arxiv ishi to‘g‘risida»gi va «Shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risida»gi qonunlarga muvofiq ishlab chiqilgan.
Norma’ning yozishicha, nizomda to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar tomonidan to‘lovlar to‘g‘risidagi axborotni shakllantirish, uzatish, saqlash va unga ishlov berishning barcha bosqichlarida ko‘riladigan to‘lovlar to‘g‘risidagi axborotni uzluksiz himoya qilish choralari sanab o‘tilgan. Dasturlarga va operatsion tizimga zarar yetkazilishini bartaraf etish, ularning salbiy ta'sirining oldini olish uchun quyidagi choralar ko‘rilishi lozim:
hisoblash texnikasi qurilmalari (serverlar, kompyuterlar va boshqalar), bankomat, embosser va to‘lov terminallarining (texnik imkoniyatidan kelib chiqib) ish faoliyatiga zarar yetkazuvchi kodlarni (kompyuter viruslarini) aniqlash va ularning salbiy ta'sirining oldini olish choralarini ko‘rish;
axborot tizimlarida faqat litsenziyalangan antivirus dasturidan foydalanish, ularning rusumlari aktualligi va bazalari har kuni yangilanib borilishini hamda dasturlar avtomatik tarzda ishlashini ta'minlash;
barcha elektron ma'lumotlarni Internet tarmog‘i va elektron pochta orqali kelgan antivirus dasturi orqali tekshirish.
Hujjatda to‘lov tizimlarida axborotni muhofaza qilishning kriptografik usullari qo‘llanilishi qoidalari belgilangan.
Nizomda axborotlashtirish obektlariga ruxsatsiz kirish va foydalanishni chegaralash, axborot tizimlarining axborot muhofazasini ta'minlash choralari ko‘rsatib o‘tilgan.
Hujjatda quyidagilarga qo‘yiladigan talablar belgilangan:
- to‘lov axborotlarining maxfiyligi hamda ulardagi shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish;
- axborot xavfsizligi xizmati;
- axborot tizimlarida xodimlarning vakolatlarini cheklash;
- axborot resurslari monitoringi;
- axborot xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq noxush hodisalarni aniqlash;
- axborot xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq noxush hodisalarga nisbatan ta'sir choralari va ularning sabablarini tahlil qilish;
- bankomat, infokiosk va to‘lov terminallarini qo‘llashda axborot muhofazasini ta'minlash;
- xavfsizlik rejimi;
- to‘lovlarni amalga oshirish jarayonini nazorat qilish va boshqalar.
Hujjat 30.06.2020 yildan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi
O‘zbekiston | 23:20 / 22.04.2025
-
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:14 / 22.04.2025
-
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi
Jahon | 23:01 / 22.04.2025
-
AQSh London muzokaralarida Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishni taklif qiladi - WP
Jahon | 22:46 / 22.04.2025
Mavzuga oid

10:12 / 19.04.2025
Markaziy Osiyo xavfsizlik kengashlari rahbarlari terrorizmga qarshi kurashni muhokama qildi

10:05 / 29.03.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston xavfsizlik maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

18:54 / 10.03.2025
O‘zbekiston terrorizm tahdidi past bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kirdi

00:29 / 10.03.2025