Buxoro xalqaro aeroporti direktori Tohir Bahronov vafot etdi
Sobiq senator Tohir Bahronov 61 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lgani aytilmoqda.
«Buxoro xalqaro aeroporti» MChJ direktori, Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati, «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi Tohir Bahronov vafot etdi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi xabar bergan.
Rasmiy xabarda o‘lim sababi keltirilmagan. Ammo ayrim manbalar xabariga ko‘ra, u biroz avvalroq koronavirus infeksiyasiga chalingandi.
Tohir Bahronov 1959 yil 21 aprelda Buxoro shahrida tavallud topgan U 1986 yilda Buxoro davlat pedagogika institutini, 1996 yilda Sankt-Peterburg fuqaro aviatsiyasi akademiyasini (sirtdan) tugatgan. Mehnat faoliyatini 1976 yilda Buxoro suv xo‘jaligi boshqarmasi kinomexanigi yordamchisi sifatida boshlab, Buxoro «XATP-11» avtokorxonasi haydovchisi (1977-1978), Buxoro aviaotryadining tashish bo‘limi dispetcheri (1980-1982), Buxoro shahar avia agentligi boshlig‘i (1982-1985), Buxoro aeroporti yo‘lovchilar tashishni tashkil qilish xizmati boshlig‘i, direktor o‘rinbosari (1985-1997) lavozimlarida ishlagan.
U 1997 yildan buyon «Buxoro xalqaro aeroporti» DUK direktori lavozimida ishlab kelayotgandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1999-2004), Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati (2014-2019), O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi (2014-2019) bo‘lgan.
Buxoro viloyati hokimligi Tohir Bahronovning vafoti munosabati bilan uning oila a'zolari, yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
Mavzuga oid
12:01 / 09.11.2024
Buxoroda 16 yoshli bola o‘nlab shaxslar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi. U qamoqqa olingan
11:34 / 06.11.2024
Buxoroda 1 mlrd so‘mdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi
20:48 / 09.10.2024