Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada koronavirusga chalinganlar rasmiy ko‘rsatkichdan 6 marta ko‘pligi ma'lum qilindi
Italiyada fevraldan iyun oyigacha 1,5 mln kishi koronavirusni boshdan o‘tkazgan. Bu esa avval hisoblangandan ko‘ra 6 marta ko‘proqni tashkil qiladi, deb yozmoqda mamlakatda o‘tkazilgan tadqiqotga tayanib Corriere della Sera nashri.
Koronavirusga chalinganlarning rasmiy ko‘rsatkichi bilan bunday katta tafovut kasallanganlar haqida ma'lumotlar faqat tahlillar natijalariga ko‘ra olingani bilan bog‘langan. Shifokorlar tadqiqot yordamida qancha italiyalikda koronavirusga qarshi antitanalar borligini tekshirishga qaror qilishgan. Organizmda antitanalar mavjudligi inson oxirgi oylarda koronavirusga chalinib, undan immunitet hosil qilganini ko‘rsatadi.
Qon zardobi o‘rganilgan tadqiqotda 65 ming kishi ishtirok etgan. So‘ngra tadqiqotchilar mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida ma'lumot olish uchun proporsiya hosil qilishgan. Natijada 2,5 foiz italiyalikda koronavirusga antitana borligi aniqlangan.
Italiya Yevropaning koronavirusdan eng ko‘p jabr ko‘rgan davlatlaridan biri sanaladi. Mamlakat shimolida bahorda ayniqsa og‘ir vaziyat kuzatilgan.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
08:53 / 19.05.2026
O‘zbekistonliklar Italiya fermer xo‘jaliklarida ishlashi mumkin bo‘ladi
09:20 / 14.05.2026