Koronavirusni 90 daqiqada aniqlaydigan test. U Britaniyada qanday ishlatiladi?
Buyuk Britaniya kasalxonalarida keyingi haftadan boshlab koronavirusga mutlaqo yangi usul asosida tahlil olishni boshlaydi. Britaniya hukumati umid qilishicha, bu sog‘liqni saqlash tizimiga qish faslida tushadigan yuklamani yengillashtiradi. Covid-19 pandemiyasi davrida tahlil olishning yangi usullari boshqa bir qator davlatlarda ham joriy etildi.
Britaniyada tahlillarda virus DNKsi mavjudligini aniqlaydigan ikki yangi uskunadan foydalanish boshlanadi. Ularning ikkisi ham tahlil namunalarini bir yarim soat ichida tekshirish imkoniga ega. Bugungi kunda Britaniya kasalxonalarida namunalarning uchdan bir qismi 24 soatdan ko‘proq vaqt davomida tekshiriladi.
Birinchi test virus DNKsini topishda namunalarni tahlil qiladi va Nudgebox deb nomlanadi. Bunday qurilmalarning 5 mingtasi sentabr oyida Britaniya kasalxonalariga o‘rnatiladi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, ular laboratoriya sharoitlarisiz ham kuniga 15tagacha test o‘tkazadi. Bu orqali ikki oy ichida, ya'ni qish kelgunga qadar, 5,8 million kishi koronavirus testidan o‘tkazilishi mumkin.
Ammo bu sentabr oyida bo‘ladi. Keyingi haftada esa Oksfordshirdagi Oxford Nanopore kompaniyasi tomonidan LamPORE nomida ishlab chiqarilgan yangi qurilmaning yarim millionga yaqini London kasalxonalarida paydo bo‘ladi. Ushbu qurilmalar Londonning bir necha kasalxonalarida allaqachon foydalanishda, ammo hozircha keng qo‘llanilmayapti.
LamPORE qurilmalari ikki xil talqinda ishlab chiqariladi - mobil MiION tabiiy sharoitlarda, masalan, koronavirus o‘chog‘i yaqinida yaratilgan laboratoriyalarda ishlatilishi mumkin, u kuniga ikki mingtagacha namunani tahlil qiladi. Statsionar GridION yanada kuchliroq bo‘lib, kuniga 15 mingtagacha namunalarni tahlil qiladi, ammo to‘laqonli laboratoriya tashqarisida foydalanish mumkin emas.
Shu bilan birga, qurilmalar odatiy grippni ham aniqlab, uni koronavirusdan ajrata olishi mumkin.
Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Henkok Covid-19 sinovlari uchun yangi qurilmalar paydo bo‘lishi sog‘liqni saqlash tizimi uchun «oldinga katta qadam» bo‘lishiga ishonch bildirmoqda. Rejaga ko‘ra, oktabr oyiga qadar har kuni yarim million test chiqarilishi hukumat ishini osonlashtiradi.
Vazir yangi qurilmalarning «virus qayerda yashiringanini bilish uchun simptomlari bo‘lmagan odamlar testdan o‘tishi kerak» bo‘lgan maktab va tumanlarda ham qo‘llanishini aytdi. «Ushbu qurilmalarning Covid-19'dan tashqari oddiy gripp virusini ham aniqlashi qishda juda foydali bo‘ladi - bemorlarga o‘zlari va yaqinlarini himoya qilish bo‘yicha to‘g‘ri maslahatlar beriladi», deydi Henkok.
Tezkor testlarning paydo bo‘lishi ko‘pchilik tomonidan ma'qullanadi, shu bilan birga, bu pandemiyaga qarshi kurashning yagona jihati emasligini e'tiborga olish zarur.
Londondagi Yuniversiti kolleji epidemiologiya professori Enn Jonsonning BBC'ga aytishicha, testlar umumiy holatda tez ishlashi kerak bo‘lgan katta tizimning bir qismi, xolos. Uning so‘zlariga ko‘ra, tez tashxis qo‘yish yaxshi, ammo eng muhimi alomatlar paydo bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida izolyatsiya qilishdir.
O‘z navbatida «Leyboristlar partiyasi olimlari» tashkiloti a'zosi va Frensis Krik instituti direktori ser Pol Ners odamlarga pandemiya haqida yetarlicha ochiq ma'lumot bermagani uchun hukumatni tanqid qildi. «Bizga ochiqlik, oshkoralik, hisobdorlik va qarorlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladigan rahbarlar kerak», dedi u.
Yana qanday testlar mavjud
Yangi usuldagi testlar nafaqat Buyuk Britaniyada paydo bo‘lmoqda. Isroil olimlari jamoasi bir vaqtning o‘zida bir nechta sinov namunalarini qayta ishlashga qodir bo‘lgan molekulyar sinov yaratilgani haqida mart oyidayoq e'lon qilgan. Bu taxminan 40 daqiqa vaqtni oladi.
Biroq, bu usul hali ham yakunlanmagan.O‘tgan hafta, uni ishlab chiqaruvchi Technion kompaniyasi mutaxassislari uning sezgirligini oshirish ustida ish olib borilayotganini ma'lum qilishdi.
Shuningdek, BATM kompaniyasi ham mart oyida butun dunyoda keng qo‘llanishdagi odatiy PZR usuli yordamida tupukdagi virusni aniqlashga qodir test to‘plami yaratilganini e'lon qildi.
Birinchisidan farqli o‘laroq, ushbu loyiha oxiriga yetgan. Kompaniya uni Yaqin Sharq va Lotin Amerikasining bir necha mamlakatlarida sotadi, ammo u AQSh va Isroilda hali sertifikatlanmagan.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
G‘arbiy sohildagi qotilliklar, Isroil harbiylari iste’fosi va NATOdan madad kutayotgan Zelenskiy - kun dayjesti
Jahon | 12:28
-
Toshkentda kuchli dorilar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh fosh etildi
Jamiyat | 12:20
-
O‘zbekiston hukumati a’zolari Donald Trampning inauguratsiyasini AQSh elchixonasida kuzatdi
O‘zbekiston | 12:04
Mavzuga oid
22:43 / 22.01.2025
Britaniya mudofaa vaziri Rossiyaning «ayg‘oqchi kemasi» hududiy suvlarga kirganini ma’lum qildi
16:46 / 20.01.2025
Britaniyada soliqlar sabab rekord darajada ko‘p millionerlar mamlakatni tark etmoqda - The Times
08:14 / 17.01.2025
Zelenskiy: London bilan 100 yillik kelishuvni boshqa davlatlarga ham qo‘llash kerak
20:09 / 16.01.2025