Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy ta'lim vazirligi magistraturaga hujjat topshirgan abituriyentlarga murojaat bilan chiqdi
2020/2021 o‘quv yili qabuli uchun magistraturaga hujjat topshirgan abituriyentlarga maxsus ma'lumot berildi.
Magistraturaga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan, biroq turli sabablarga ko‘ra arizalari rad etilgan abituriyentlarga imkoniyat yaratiladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat oliy ta'lim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun magistr.edu.uz onlayn ariza topshirish tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan, biroq, oliy ta'lim muassasalari tomonidan tekshiruv natijasi bo‘yicha turli sabablarga ko‘ra arizalari rad etilgan abituriyentlarga hujjatlaridagi mavjud kamchiliklarni joriy yilning 4 avgust kuni soat 11:00dan 6 avgust kuni soat 11:00ga qadar qayta tahrirlashlari uchun Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan imkoniyat yaratiladi.
Ushbu vaqt davomida kamchiliklarni to‘liq bartaraf etmagan abituriyentlarning arizalari qayta ko‘rib chiqilmaydi hamda ular kirish imtihonlariga kiritilmaydi.
Mavzuga oid
13:01 / 09.01.2026
Davlat stipendiyalarini tayinlash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
19:01 / 27.09.2025
Magistraturaga qo‘shimcha qabul e’lon qilindi
18:43 / 23.09.2025
Magistr ayollar kontrakt to‘lovini davlat budjetidan qoplash bo‘yicha ariza berish muddati uzaytirildi
18:20 / 31.08.2025