Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bo‘lib turgan xorijiy fuqarolarining viza muddati 1 noyabrga qadar uzaytirildi
Bunda ularga nisbatan hech qanday choralar ko‘rilmaydi, jarima undirilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib turgan xorijiy mamlakatlar fuqarolarining viza muddati avtomatik ravishda shu yilning 1 noyabr kuniga qadar uzaytirildi.
Turizm qo‘mitasi xabariga ko‘ra, bunda ularga nisbatan hech qanday choralar ko‘rilmaydi, jarima undirilmaydi. Koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 30 iyulidagi qarorida shu haqida bayon qilindi.
O‘zbekiston va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi avia va avtomobil qatnovlari shu yilning 16 martidan boshlab 10 apreliga qadar vaqtinchalik to‘xtatilgan. Keyinchalik ushbu muddat 5 may, 1 iyun, so‘ng 1 avgustga qadar uzaytirilgan edi.
Yuqoridagi masala bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tezkor shtabi (+998712332828, +998 971365151, call center – 1164, telegram: +998971365151)ga hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ishonch telefoni (+998712000088)ga murojaat qilish mumkin.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026