Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqi davlatlariga o‘ta zaruratsiz chegaralarni qayta yopmaslik tavsiya qilindi
Yevrokomissiya Yevropa ittifoqi davlatlarini o‘ta zaruratsiz o‘z chegaralarini yopmaslikka va Yevropa ittifoqi ichida erkin harakatlanishni cheklamaslikka chaqirdi. Avvalroq YeI a'zosi hisoblangan Litva dunyoda epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli o‘z chegaralarini yopishi mumkinligini aytgan.
“Yevrokomissiyaning bu masala bo‘yicha fikri o‘zgarmadi. Yevropa ittifoqi samarasiz cheklovlar va ichki chegara nazoratini tiklashdan qochishi lozim”, deb aytgan Yevrokomissiya vakili.
Yevropa ittifoqining ichki chegaralari koronavirus tarqalishini cheklash uchun mart oyida yopilgandi va may o‘rtalaridan, tashqi chegaralari esa 1 iyuldan ochila boshlangan. Tashqi chegaralar sekin-asta ochilmoqda: Bryussel har 2 haftada fuqarolariga Yevropa ittifoqiga kirishiga ruxsat beriluvchi davlatlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqmoqda.
Mavzuga oid
18:39 / 03.11.2025
Yevropa ittifoqi O‘zbekistonda kinofestival o‘tkazadi
20:22 / 17.09.2025
Yevroittifoq sharqiy chegaralarda «dron devori» barpo etilishini tezlashtirmoqda
20:25 / 20.06.2025
Yevropa davlatlari Eron bilan Isroilni tinchlantirishga harakat qiladi
09:20 / 02.03.2024