Jahon | 14:48 / 05.08.2020
21377
2 daqiqa o‘qiladi

Bayrutdagi portlashdan ko‘rilgan zarar miqdori ma'lum qilindi

Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Hasan Hamadning so‘zlariga ko‘ra, kasalxonalarda joy yetishmasligi sababli ko‘pchilik tibbiy yordam ololmayapti.

Foto: Ibrahim Dirani / EPA / TASS

 Bayrutdagi portlashdan ko‘rilgan zarar miqdori 3 mlrd dollardan 5 mlrd dollargacha va hatto undan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin, dedi Livan poytaxti gubernatori Marvan Abbud.

 Uning ma'lum qilishicha, portlash joyida ish olib borayotgan o‘n nafar qutqaruvchi halok bo‘lgan, yuzlab kishilar boshpanasiz qolgan.

Livan poytaxti Bayrut shahrida 4 avgust kuni ro‘y bergan ikki portlash oqibatida 100dan oshiq kishi halok bo‘lgan, 4 mingdan ortiq kishi jarohatlangan. Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Hasan Hamadning so‘zlariga ko‘ra, kasalxonalarda joy yetishmasligi sababli ko‘pchilik tibbiy yordam ololmayapti.

 “Portlash natijasida shahardagi to‘rtta kasalxona vayron bo‘lganligi vaziyatni yanada chigallashtirmoqda”, dedi u.

 Hukumat bergan bayonotga ko‘ra, shaharning port hududida saqlangan  2750 tonna nitrat ammoniy (ammiak  selitrasi) portlagan, bu moddalar ko‘p vaqtdan buyon tegishli xavfsizlik choralari ko‘rilmagan holda saqlangan.

Mavzuga oid