Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Giyohvandlik moddasini mevalar orasiga yashirib poytaxtga olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Toshkent viloyati IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan, o‘rik sotish bahonasida mevalar orasiga yashirin tarzda olib kelinayotgan, taxminiy bahosi 2 000 AQSh dollariga teng gashish giyohvandlik moddasi poytaxt hududiga olib kirilishining oldi olindi.
IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 1983 yilda tug‘ilgan farg‘onalik U.D.ning boshqaruvidagi Damas avtomashinasi Ohangaron shahri hududida o‘rnatilgan karantin postida gumonlanib to‘xtatiladi va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechiriladi. Natijada, mazkur avtomashinaga olib kelinayotgan o‘rik mevalari orasida yashirilgan 165,3 gr og‘irlikdagi gashish (ekspertiza xulosasiga asosan) giyohvand moddasi borligi aniqlanadi.
Haydovchi suhbat davomida ushbu giyohvandlik vositasini Toshkent shahridagi mijozlariga 2 000 AQSh dollariga sotish maqsadida yashirin tarzda olib kelayotganini ma'lum qilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Ohangaron shahar IIB huzuridagi TB tomonidan fuqaro U.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:31 / 12.06.2026
Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
09:05 / 12.06.2026
120 ming dollarlik qalbaki pulni sotishga uringanlar qo‘lga olindi
20:09 / 11.06.2026