Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Livanga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Livandagi portlash munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Foto: Wael Hamzeh / EPA / TASS
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Livan Respublikasi poytaxti Bayrut bandargohida yuz bergan kuchli portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan mamlakat Prezidenti Mishel Aunga hamdardlik bildirdi. Davlatimiz rahbari Livan xalqiga, marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur ta'ziya bildirdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Bayrutning port mavzesida 4 avgust kuni kuchli portlash yuz berdi. Undan avval yana bir, kuchsizroq portlash kuzatilgan. Ikkinchi portlashning to‘lqini kuchi 3,3 magnitudali zilzilaga teng seysmik to‘lqinlarni keltirib chiqardi. Bu hatto Livandan 240 kilometr masofada joylashgan Kiprda ham sezilgan. Bayrutning o‘zida esa portlash joyidan 10 kilometr masofada joylashgan binolar zarar ko‘rgan: ularning oynalari sinib ketgan va balkonlari ko‘chib tushgan. Shaharning zarar ko‘rgan hududlarida avtomobillar portlash sabab ag‘darilib ketgan, ko‘chalar vayron bo‘lgan bino bo‘laklariga to‘lgan.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida halok bo‘lganlar soni 100dan oshgan, 4 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.
Mavzuga oid
09:33 / 18.09.2025
Bayrut portidagi portlash ishi bo‘yicha Rossiya fuqarosi hibsga olindi
23:15 / 24.08.2025
Mirziyoyev Zelenskiyga tabrik yo‘lladi
09:45 / 28.04.2025
Isroil Bayrutdagi "Hizbulloh" inshootiga zarba berganini ma’lum qildi
09:17 / 24.11.2024