Bolgariyada 2020 yilda Bayrut portida yuz bergan portlaş tergovi doirasida portda saqlangan va portlagan ammiakli selitra yukiga aloqador yuk kemasi egasi rossiyalik Igor Greçuşkin hibsga olindi. Bu haqda anonimlik şarti bilan ma’lumot bergan tört Livan adliya xodimiga tayanib, AP agentligi xabar qildi.
Hibsga oliş livanlik tergov sudyasi kema egasi Greçuşkin va yana bir rossiyalik, kapitan Boris Prokoşevni hibsga oliş uçun ikkita xalqaro order böyiça Interpol qidiruvini boşlaganidan deyarli beş yil ötib sodir böldi.
Ayni damda Greçuşkinni söroq qiliş uçun Livanga topşiriş böyiça sörov tayyorlanmoqda, dedi Bayrut adliya rasmiylari. Agar u Livanga topşirilmasa, tergovçilar söroq qiliş uçun Bolgariyaga boradi.
Rossiya va Kipr fuqaroligiga ega bölgan Greçuşkin ötgan hafta Kiprdan kelganida Sofiya aeroportida hibsga olingan, deb xabar beradi AP.













