Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayrutdagi mehmonxonaga zarba oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi
Isroil nishonda eronlik qo‘mondonlar bo‘lganini xabar qilgan.
Foto: Videodan kadr
Isroilning Bayrut shahri markazidagi «Ramada» (Ramada) nomli mehmonxonaga yo‘llagan zarbasi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lib, yana 10 kishi jarohat olgan. Bu haqda Reuters agentligi Livan sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib xabar tarqatdi.
Isroil harbiylari mehmonxonadagi nomerlardan biriga 8 mart tongida zarba bergan. Agentlik qayd etishicha, bu o‘tgan haftada Isroil va «Hizbulloh» o‘rtasida harbiy harakatlar boshlanganidan buyon Bayrut markaziga ilk bor zarba berilishi bo‘lmoqda.
Isroil mudofaa armiyasi Islom inqilobi muhofizlari korpusining Bayrutdagi bo‘linmasi hisoblangan «Quds» kuchlarining muhim qo‘mondonlariga qaratilgan aniq zarba yo‘llaganini ma’lum qilgan. Ular Isroilga qarshi hujumlarni rejalashtirish bilan shug‘ullangani qayd etilgan.
Isroillik harbiylar zarba berishdan oldin «tinch aholiga zararni minimallashtirish» choralari ko‘rilganini ta’kidlagan.
Livandagi «Hizbulloh» guruhi o‘tgan haftada Isroilga raketa va dronlar uchirish orqali mamlakatni Yaqin Sharqdagi urushga tortdi. Eron tomonidan qo‘llanadigan ushbu guruh bu harakati orqali Isroil va AQShning Eron bo‘ylab zarbalariga javob qaytargandi. Isroil bunga javoban Livanning janubiy va sharqiy qismlari, shuningdek poytaxt Bayrut atrofidagi hududlardagi pozitsiyalarni o‘qqa tutishga kirishdi. Rasmiylarning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar oqibatida 300 ga yaqin kishi halok bo‘lgan, yana yuz minglab livanliklar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:18
Vadeful: Erondagi xaos hech kimning manfaatiga xizmat qilmasligi kerak
08:42
O‘zbekiston–Isroil muloqotida Yaqin Sharqdagi vaziyat muhokama qilindi
18:52 / 10.03.2026
Yaqin Sharqdagi urushning 10 kuni: qancha inson halok bo‘ldi?
14:06 / 10.03.2026