Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazorat bahsi. O‘zbekiston milliy jamoasi O‘zbekiston U19 ustidan irodali g‘alabaga erishdi
Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etgan O‘zbekiston milliy jamoasi va O‘zbekiston yoshlar jamoasi o‘zaro nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi.
Milliy jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov singari yoshlar jamoamiz ustozi Temup Kapadze ham o‘rtoqlik o‘yini davomida bir qator futbolchilarni sinovdan o‘tkazishdi.
Uchrashuv kutilmaganda Kapadze shogirdlarining ustunligi bilan boshlanib, Hoshimov va Roziyevning gollari evaziga yoshlar hisobda oldinga chiqib olishgandi – 0:2.
Ammo o‘yinning keyingi daqiqalarida Vadim Abramov shogirdlari Bobir Abduxoliqov, Temurxo‘ja Abduxoliqov va Azizbek Turg‘unboyevlarning gollari evaziga nazorat bahsida irodali g‘alabaga erishishdi – 3:2.
6 avgust (payshanba)
Nazorat uchrashuvi. Toshkent.
O‘zbekiston milliy jamoasi - O‘zbekiston U19 - 3:2
Gollar: Bobir Abdixoliqov 27, Temurxo‘ja Abduxoliqov 62 pen, Azizbek Turg‘unboyev 77 - Ulug‘bek Hoshimov 10, Ruslan Roziyev 22 penaltidan.
O‘zbekiston: Mashhur Muhammadjonov, Igor Golban, Islomjon Qobilov, Dilshodbek Ahmadaliyev, Husniddin G‘ofurov, Nurillo To‘xtasinov, Sanjar Qodirqulov, Sharof Muhitdinov, Lutfulla To‘rayev, Jasur Hasanov, Bobir Abdixoliqov.
O‘zbekiston U-19: Abduvohid Ne'matov, Odil Abdumajidov, Asliddin Toshtemirov, Murod Hojimberdiyev, Said Azamat Mirsaidov, Bektemir Abdumannonov, Diyorbek Rahimqulov, Otabek Jo‘raqo‘ziyev, Davron Anvarov, Ulug‘bek Hoshimov, Ruslan Roziyev.
Mavzuga oid
23:50 / 01.07.2026
Bosh vazir futbolchilardan milliy jamoani tanqid qilgan «divan ekspertlarini» kechirishni so‘radi
21:25 / 01.07.2026
Jahon chempionatidan qaytgan O‘zbekiston milliy jamoasi tantanali kutib olindi
03:11 / 28.06.2026
“Strategik jihatdan biz yutib bo‘ldik” – O‘zbekistonning AQShdagi elchisi
07:06 / 27.06.2026