«Tan oliş kerakki, ta'lim pandemiyadan eng köp zarar körgan soha hisoblanadi. Farzandlarimiz mart oyi örtasidan beri uyda ötiribdi. Töğri, ularning böş vaqtini mazmunli ötkaziş maqsadida onlayn maşğulotlar, televizion darslar taşkil qilinmoqda. Biroq öqituvçi va öquvçilar örtasida vizual kontakt va qalban yaqinlik, ya'ni mehrning yöqligi sababli uşbu maşğulotlarning sifati köngildagidek emas.

Boz ustiga, turli texnik nosozliklar, xususan, internetga ulaniş qiyinligi bois öquvçilarning bir qismi onlayn maşğulotlarda qatnaşa olmayapti. Hatto internet umuman yetib bormagan joylar bor. Oqibatda özlaştirilişi lozim bölgan öquv materiali çala özlaştirilmoqda.

Agar hozirgi pandemik vaziyat bundan keyin ham davom etadigan bölsa, biz oxirgi uç yildan beri mamlakatimiz ta'lim sohasida yuz bergan ijobiy tendensiyani qöldan boy berişimiz va butun boşli avlodni çalasavod qilib qöyişimiz heç gap emas.

Ta'kidlaş joizki, ta'limdagi bunday salbiy holat faqat Özbekistonda emas, balki butun dunyoda kuzatilmoqda. Yaqinda BMT Boş kotibi Antonio Guterriş dunyo mamlakatlarida maktablarning ommaviy tarzda yopilişini «avlodlar halokati» deb atadi. BMT rahbari hozirda qariyb 160 mamlakatda maktablar yopilgan bölib, 1 milliarddan ortiq öquvçilar ta'lim oliş huquqidan mosuvo bölayotganini ta'kidladi. U hozir biz avlodlarni «yöqotiş» xavfi bilan yuzma-yuz turganimiz, bu behisob insoniy potensialni puçga çiqarişi, önlab yillar davom etgan taraqqiyotga putur yetkazişi va tengsizlikni kuçaytirişi mumkinligini aytgan.

Nima qiliş kerak? Ayniqsa, pandemiya hali-beri çekinişni istamayotgan bir paytda qanday yöl tutiş kerak, degan savol hammamizni öylantirişi tabiiy.

Ta'lim sohasi mutasaddilari yangi öquv yilini boşlaş böyiça quyidagi 3ta ssenariy mavjudligini ta'kidlab, yakuniy xulosani respublika maxsus komissiyasi berişini aytişmoqda. 1-ssenariy böyiça öquvçilar maktabga qaytariladi va maktablar odatiy tartibda öz faoliyatini qayta tiklaydi. 2-ssenariy böyiça ta'lim onlayn tartibda davom ettiriladi. 3-ssenariy maktablar aralaş tartibda faoliyat körsatadi, ya'ni öquvçilarning onlayn darslar va maktabdagi darslarda bilim olişi yölga qöyiladi.

Şu örinda, Respublika maxsus komissiyasiga bosim ötkazmagan holda şuni aytmoqçimanki, birinçi ssenariyni amalga oşiriş eng maqbul yeçim bölur edi. Öquvçilarimizni maktablarga mumkin qadar tezroq qaytarganimiz ma'qul. Zero, na onlayn darslar va na aralaş tizim maktabdagi maşğulotlar örnini bosa oladi», deya yozadi Qodir Jörayev telegramdagi sahifasida.

Avvalroq Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova tomonidan Xalq ta'limi vazirligi öz vakolatidan kelib çiqib, yangi öquv yilini qay şaklda boşlaş böyiça 3ta ssenariy işlab çiqqani, biroq öquv yilining qay tartibda boşlanişi haqidagi yakuniy xulosa respublika maxsus komissiyasining qarori bilan e'lon qilinişi haqida ma'lumot