Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova yangi öquv yilini boşlaş uçun körilayotgan tayyorgarlik işlari haqida ma'lumot berdi.
Qayd etilişiça, ayni paytda vazirlik Soğliqni saqlaş vazirligi va boşqa tegişli vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda öquv yilini qay tarzda boşlaş ustida iş olib bormoqda. Va vazirlik vakolatidan kelib çiqib, 3ta ssenariy işlab çiqqan.
1-ssenariy: Pandemiya holati barqarorlaşib, maktablar odatiy tartibda öz faoliyatini boşlaydi. Bu vazirlik va öquvçilar uçun eng maqbul variant bölib turibdi. Xalqaro tajriba maktab yoşidagi bolalarga kasallik kam holatda yuqişini, ulardan kattalarga yuqiş xavfi ham kamligini körsatmoqda;
2-ssenariy: Soğliqni saqlaş vazirligining Özbekistonda bolalarda virus keçişi böyiça xulosasi ijobiy bölmagan taqdirda ta'lim onlayn tartibda davom ettirilişiga töğri kelişi mumkin;
3-ssenariy: Gibrid ssenariy bölib, maktablar oçiladi. Maktablar ham sinf tizimiga ötkaziladi. Faqat ma'lum bir hudud, maktab holatidan kelib çiqib, öquvçilarning onlayn darslarda yoki maktabdagi darslarda bilim olişi davom ettiriladi.
«Oxirgi ssenariyda farzandi soğligidan xavotir olgan ota-onalarning bolalariga uydan turib darslarda qatnaşişga ruxsat beriladi. Ya'ni bolaning maktabdagi davomati erkin böladi», dedi Laylo Rustamova 5 avgust kuni AOKAda ötkazilgan brifingda.
Qöşimça qilinişiça, öquv yilining qay tartibda boşlanişi haqidagi yakuniy xulosa respublika maxsus komissiyasining qarori bilan e'lon qilinadi.
Şuningdek, brifingda öquv yili qaysi şaklda boşlanişidan qat'i nazar, televizion darslar tajribasi saqlab qolinişi, 10 avgustdan televezion darslarni suratga oliş işlari boşlanişi haqida ham ma'lumot berilgan edi.












