O‘zbekiston | 15:44 / 06.08.2020
6165
1 daqiqa o‘qiladi

OTMlarga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli yakunlandi

2020/21 o‘quv yili uchun respublika oliy ta'lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish jarayoni yakunlandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabarga ko‘ra, o‘qishni ko‘chirish (tiklash) bo‘yicha belgilangan muddatlarda (2020 yil 15 iyul – 5 avgust) ro‘yxatdan o‘tgan, ammo arizasi dastlabki ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra ayrim sabablar tufayli rad etilgan fuqarolarga qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda arizalarini qayta tahrirlashga ruxsat etiladi.

Shu bilan birga, dastlabki ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra ariza qabul qilingani o‘qishni ko‘chirishga (tiklashga) ruxsat etilganini bildirmaydi.

Qabul qilingan arizalar vakolatli komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi.

«Yuqoridagilarga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolardan arizalari holatini tizim (o‘zlarining shaxsiy kabinetlari) orqali muntazam kuzatib borishlarini so‘raymiz», – deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzuga oid