Endilikda Rossiyada buğ bilan çekiladigan veyplar va tamaki qizdiruvçi uskunalar oddiy sigaretlarga tenglaştirildi. Snyus (yostiqça körinişidagi şimiladigan tamaki mahsulotlari) va şunga öxşaş boşqa mahsulotlar iste'mol uçun butunlay man qilindi. Bu çeklovlar uşbu mahsulotlarning zarari oddiy sigaretlardan kam emasligi isbotlangan tadqiqotlardan söng qabul qilindi.

Bir oy oldin, 7 iyul kuni şu kabi qonun Qozoğistonda qabul qilindi. Respublika rahbari Qosim-Jömart Töqayev «Xalq soğliği va soğliqni saqlaş tizimi» töğrisidagi kodeksga imzo qöydi.

Xususan, Iqos va Glo kabi tamaki çekişning yangi tizimlarining iste'molini çeklaşga hamda snyuslarni mamlakatga olib kiriş, işlab çiqariş va tarqatişga çeklovlar örnatildi.

Şu bilan birga yaqinda The Guardian naşri veyp çekuvçilar va ularning atrofidagilar Covid−19’ga çalinişga moyilliklari yuqoriroqligi haqida ogohlantirgan. 20 ming nafar çekuvçilarni örganiş natijasida ma'lum böldiki, ularda koronavirusning oğir şakllari namoyon bölişining xavfi ikki karra yuqori ekan. Harvard universiteti qoşidagi Çan jamoatçilik soğliqni saqlaş maktabi olimlarining ta'kidlaşiça, veyp çekişga bölgan moyillik hukumatning koronavirusga qarşi kuraşiga xalaqit bermoqda.

«Özbekistonda ham Moliya vazirligi tomonidan işlab çiqilgan «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilişi hamda iste'mol qilinişini çeklaş töğrisida»gi qonunning yangi tahriri loyihasi e'lon qilinib, şu kunlarda tegişli tartibda körib çiqilmoqda.

Unda qöşni mamlakatlarda qabul qilingan yangi normalar – tamakini qizdiruvçi uskunalar va veyplarni oddiy sigaretlarga tenglaştiriş hamda nikotin yostiqçalarini taqiqlaş çoralari ham aks etsa maqsadga muvofiq bölardi. Çunki ularning zarari sigaretdan kam emas, tarkibida nikotin va tamaki mavjud, demak, hamyurtlarimizni çekiş kabi zararli odatdan xalos qilmaydi», deydi huquqşunos va bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev.