Taşkilot hisob-kitoblariga köra, bolalar kattalarga qaraganda örtaça töqqiz barobar köproq veyp çekadi.

“Elektron sigaretlar göyoki “tamaki zarari kamaytirilgan vosita” sifatida tarğib qilinmoqda. Ammo aslida ular bolalarni nikotinga yanada erta örgatmoqda va ötgan ön yilliklar davomida erişilgan soğlom jamiyat yutuqlarini yöqqa çiqarmoqda”, – deydi JSST mutaxassisi doktor Etiyen Krug.

Asosiy nişon – yoşlar

JSST boş direktori, doktor Tedros Adhanom Gebreyisus tamaki kompaniyalarini yoşlar orasida yangi nikotin mahsulotlarini “tajovuzkorlik bilan tarğib qilayotganlikda” aybladi. Uning aytişiça, sönggi yillarda köplab mamlakatlar tamaki iste’molini kamaytirişga erişgan. Ammo bunga javoban sanoat yangi “zamonaviy” mahsulotlar orqali yoşlarni öziga jalb etmoqda.

“Hukumatlar tezroq va qat’iyroq harakat qilişi kerak. Yoşlarni himoya qilişga qaratilgan sa’y-harakatlar kuçaytirilişi lozim”, – deydi Tedros.

JSST 109 mamlakat, asosan, Afrika va Janubi-Şarqiy Osiyoda veyp böyiça rasmiy ma’lumot töplamaydi. Biroq mavjud raqamlarga asoslanib, statistikalarni taqdim etgan. Xususan, 2025 yil fevral holatiga köra:

  • 86 million kattalar veypdan foydalanadi (asosan yuqori daromadli mamlakatlarda);
  • 13–15 yoşli 15 million ösmir esa allaqaçon muntazam veyp çekişga ötgan.

Şunga qaramay, 2024 yil oxiriga qadar:

  • 62 mamlakatda veypni çeklaşga qaratilgan siyosat yuritilmagan;
  • 74 mamlakatda esa uni sotib oliş uçun eng kiçik yoş toifasi belgilanmagan.

Bu esa yoşlarni himoya qiliş böyiça global tizimda jiddiy böşliq borligini körsatadi.

Tamaki kamayyapti, ammo nikotin şakli özgaryapti

An’anaviy tamaki iste’moli sönggi 20 yil içida kamaygan. 2000 yilda dunyoda 1,38 milliard kişi tamakidan foydalangan bölsa, 2024 yilda bu körsatkiç 1,2 milliardga tuşgan. Ayollar orasida çekiş darajasi 2010 yildagi 11 foizdan 6,6 foizgaça ozaygan. Erkaklarda esa 41 foizdan 32 foizgaça pasaygan.