Yangi qonun (ÖRQ–1098-son, 27 noyabr 2025 yil) bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritildi. Jumladan, Özbekiston Jinoyat kodeksiga elektron sigaretalar va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi böyiça yangi norma qöşildi.
Unga köra, Özbekiston hududiga muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlari, nikotin yetkazib berişning elektron tizimlari, şu jumladan elektron sigaretalar, ularni tayyorlaş, oliş, saqlaş, taşiş, ötkaziş, işlab çiqariş, Özbekistonga olib kiriş yoki undan olib çiqiş ança miqdorda sodir etilgan yoki bu uçun avval ma’muriy jazo qöllanilganidan keyin qayta sodir etilgan bölsa, quyidagi jazolar qöllanadi:
- BHMning 300 baravaridan 500 baravarigaça miqdorda jarima;
- yoki 2 yildan 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari;
- yoki 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş;
- yoki 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş.
Şu bilan birga, Qonunda motivatsion norma ham nazarda tutilgan: agar bunday harakatni sodir etgan şaxs aybini ixtiyoriy ravişda böyniga olsa, hokimiyat organlariga murojaat qilsa va muomalasi taqiqlangan mahsulotlarni topşirsa, u jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.
Qonun bilan “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilişini hamda iste’mol qilinişini çeklaş töğrisida”gi qonunga ham özgariş kiritilib, elektron sigaretalar va ular uçun suyuqliklar aylanişiga alohida taqiq örnatildi.
Kiritilgan özgartişlar aholining, ayniqsa yoşlarning salomatligini himoya qiliş, zararli odatlarning tarqalişini çeklaş hamda elektron tamaki mahsulotlarining noqonuniy bozorini qisqartirişga qaratilgan.









