Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda ikki kompaniya koronavirusga qarshi vaksinani odamlarda sinashni boshladi
Xitoyning Fosun Pharma farmatsevtika kompaniyasi va Germaniyaning Biontech kompaniyasi koronavirusga qarshi birgalikda ishlab chiqqan vaksinani Xitoyda odamlarda sinashning birinchi bosqichini boshladi.
PanPay portalining ma'lum qilishicha, BNT162b1 vaksinasi sinovida Taychjou shahridan 144 ko‘ngilli ishtirok etmoqda. Dastlab emlashdan 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lganlar, so‘ngra 55 yoshdan kattalar o‘tadi. Ma'lum qilinishicha, 72 kishida emlash o‘tkazib bo‘lingan.
Sinovlar tadqiqotlarda davolash xususiyatini imitatsiya qiluvchi, hech qanday davolash xususiyatiga ega bo‘lmagan platsebo qo‘llangan holda o‘tkaziladi. Ishtirokchilarning bir qismi vaksina, bir qismi esa platsebo oladi.
Umumiy hisobda har bir ishtirokchiga 21 kunlik oraliq bilan vaksinadan 10 mkg va 30 mkgdan ikkita inʼeksiya qilinadi.
Biontech, shuningdek, AQShning Pfizer kompaniyasi bilan birgalikda BNT162b2 deb nomlangan vaksina ustida ishlab olib bormoqda.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026