Bill Geyts “koronavirusdan ham dahshatliroq falokat” yuz berishi mumkinligini aytdi
Microsoft asoschisi Bill Geyts oqibatlari koronavirus pandemiyasi oqibatlaridan ham ayanchliroq bo‘ladigan ekologik inqiroz yuz berishini bashorat qilmoqda.
Uning prognoziga ko‘ra, yaqin bir necha o‘n yillikda sayyoramiz iqlim o‘zgarishi keltirib chiqaradigan global inqirozga to‘qnash keladi.
Milliarder mamlakatlarni iqlim o‘zgarishiga ular koronavirusga qanday munosabat bildirgan bo‘lsa, shunday munosabatda bo‘lishga chaqirgan. Uning ta'kidlashicha, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatni to‘g‘rilashga qaratilgan choralarsiz oqibatlar yanada yomonroq bo‘ladi.
“Pandemiya qanchalik dahshatli bo‘lmasin, iqlim o‘zgarishi yanada yomonroq bo‘lishi mumkin”, deb yozgan milliarder o‘z blogida.
Geytsning fikricha, bu falokatdan qochish uchun issiqxona gazlarining atrof-muhitga chiqarilishini ancha qisqartirish lozim.
Microsoft asoschisi ekologik inqiroz oqibatlarini koronavirus pandemiyasi oqibatlari bilan taqqosladi. Uning ta'kidlashicha, koronavirusdan o‘lim darajasi 100 ming aholidan o‘rtacha 14 kishini tashkil qilmoqda. Milliarderning baholashicha, yaqin 40 yil ichida Yerda harorat ko‘tarilishidan o‘lim darajasi xuddi koronavirusdagidek bo‘ladi, 2100 yilga kelib esa 5 marta ko‘proqni tashkil qiladi.
Geyts hozirdanoq iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni boshlashga chaqirdi. U, jumladan, atmosferaga tashlanadigan chiqindilar hajmini nazorat qilishga fan va innovatsiyalarni jalb qilishni taklif qilgan. Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, ekologik muammolarga qarshi kurash rivojlanayotgan davlatlarda ham olib borilishi lozim. Uning aytishicha, insoniyatda buning uchun boshqa vaqt yo‘q va bugundanoq harakat qilish kerak.
“Sof energiya sohasidagi barcha zarur ishlanmalarni yaratish va tatbiq qilish uchun o‘n yillar talab etiladi”, deb aytgan Geyts.
U elektr energiya, mahsulotlar ishlab chiqarish, oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va odamlarning dunyo bo‘ylab harakatlanishining atrof-muhitga bezarar yo‘llarini topishga chaqirgan.
Mavzuga oid
23:20 / 03.10.2024
Bill Geyts sun’iy intellekt oldidagi uchta asosiy qo‘rquvini aytdi
20:05 / 06.12.2023
Insoniyatning asr muammosi: Boy va kambag‘al davlatlar nima masalada kelisha olmayapti?
18:16 / 05.12.2023
Ortda qolgan kuz O‘zbekiston tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi
16:29 / 05.12.2023