Kurerlik jo‘natmasi orqali yuborilgan 5,4 kg zargarlik buyumlari fosh bo‘ldi
Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati Toshkent shahar bojxona boshqarmasi «Bosh pochtamt» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida aniqlangan ikki qonunbuzilish holati haqida xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, postda xorijiy davlatdan kurerlik tashkiloti orqali 6 nafar fuqaro (T.A, I.J, D.D, D.R, T.S, U.Sh.) nomiga yuborilgan kurerlik jo‘natmalari tegishli tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Natijada kurerlik jo‘natmalarida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan 87 xil turdagi, og‘irligi 5,4 kg bo‘lgan, umumiy qiymati 81,7 million so‘mlik zargarlik buyumlari borligi aniqlangan.
Fonarlar ichiga nima yashirilgan edi?
Amaldagi tartiblarga ko‘ra, giyohvandlik vositalari, xususan giyohvand o‘simliklar va ularning urug‘larini xalqaro pochta jo‘natmalari orqali jo‘natish taqiqlangan. Shunga qaramay, pochta jo‘natmalari orqali qonunga xilof ravishda giyohvand o‘simliklarning urug‘larini jo‘natish holatlari uchrab turibdi.
Xususan, «Xalqaro pochtamt» orqali xorijlik fuqaro tomonidan yurtimizda istiqomat qiluvchi fuqarolar A.N, A.B hamda S.F. nomiga yuborilgan pochta jo‘natmalari orasidagi fonarlar bojxonachilar e'tiborini tortdi va tegishli tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada, fuqaro A.N nomiga yuborilgan pochta jo‘natmasidagi fonarning ichki qismlari ichiga 4 dona, fuqaro A.B nomiga yuborilgan pochta jo‘natmasidagi fonarning ichki qismlari ichiga 16 dona, fuqaro S.F. nomiga yuborilgan pochta jo‘natmasidagi fonarning ichki qismlariga esa 46 dona «Kannabis» o‘simligi urug‘lari yashirilgani aniqlandi.
Jami 3ta holatda aniqlangan 66 dona «Kannabis» o‘simligi urug‘lari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
13:37 / 30.09.2021
30 yoshdan oshganlar ham bojxona tizimiga ishga kirishi mumkin bo‘ladi
16:38 / 17.09.2021
Bojxonachilar tomonidan Qo‘qon bojxona postiga yo‘naltirilgan yuk Toshkentda almashtirilib Urgutga yo‘llangani fosh etildi
07:57 / 15.09.2021
Mercedes-Benz’ni bojxona postidan bo‘laklab olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro aniqlandi
11:32 / 13.09.2021