Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarolarini vatanga tezroq qaytarish uchun Rossiyadan reyslarni ko‘paytirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda
Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga tezroq qaytarish uchun Rossiyadan reyslarni ko‘paytirish, qatnovlar yo‘nalishi va turlarini kengaytirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi axborotiga ko‘ra, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020 yilning 4-5 avgust kunlari «Toshkent-Buzuluk-Toshkent» va «Toshkent-Kinel-Toshkent» yo‘nalishlarida Rossiya Federatsiyasining Orenburg va Samara viloyatlariga O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish uchun ikkita poyezd yuborildi.
O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsuli tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilish uchun yurtdoshlar to‘plangan joyda bo‘lib turibdi.
6 avgust kuni Orenburg viloyatining «Buzuluk» stansiyasidan 920 nafar vatandoshlar bilan birinchi poyezd O‘zbekistonga jo‘nab ketdi. Ikkinchisi 7 avgust kuni Samara viloyatining «Kinel» stansiyasidan 930 nafar hamyurtlar bilan jo‘naydi. Rossiya-Qozog‘iston chegarasida to‘plangan jami 1850 nafar O‘zbekiston fuqarolari yurtga qaytariladi.
«7 avgust holatiga ko‘ra, Orenburg va Samara viloyatlarida Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasi yaqinida O‘zbekiston fuqarolarining to‘planishi kuzatilmayapti.
Vatanimizga qaytib kelganidan so‘ng O‘zbekiston fuqarolari Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat'iy rioya qilgan holda karantinda bo‘lishlari shartligini eslatib o‘tamiz.
Ta'kidlash joizki, koronavirus infeksiyasi tarqalayotgan bir paytda ko‘p sonli fuqarolarimizning bir joyda to‘planishi ularning COVID-19 bilan kasallanish ehtimolini keskin oshiradi. Vatandoshlarimizdan Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish nuqtalariga bormasliklarini, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin talablariga qat'iy rioya qilishlarini yana bir bor so‘raymiz.
Hozirda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston fuqarolarini Vatanimizga tezroq qaytarish uchun Rossiyadan reyslarni ko‘paytirish, qatnovlar yo‘nalishi va turlarini kengaytirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda», - deyiladi axborotda.
Mavzuga oid
10:50
Kiyev yana raketa hujumiga uchradi
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
20:44 / 13.07.2026
Rossiya prezidentligi sayloviga qo‘yilmagan Boris Nadejdin Moskvada qo‘lga olindi
16:29 / 13.07.2026