2020 yil 4 avgust kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzXDP fraksiyasining videomuloqot şaklidagi yiğilişi bölib ötdi. Unda partiya dasturiy maqsadlaridan kelib çiqib, bir qator qonun loyihalari körib çiqildi.

Fraksiya a'zolari “Jamoat xavfsizligini ta'minlaş çoralari yanada takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasini keng muhokama etişdi.

Loyihaga köra, Jinoyat kodeksiga badanga qasddan qurol va qurol sifatida foydalaniş mumkin bölgan boşqa narsalarni işlatib, oğir yoki örta oğir darajada şikast yetkaziş ham javobgarlikka asos bölişi belgilanmoqda. Mazkur kodeks sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolarni olib yuriş, ulardan foydalanişni taqiqlovçi yangi moddalar bilan töldirilmoqda.

Fraksiya a'zolari jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta'minlaşda keyingi vaqtlarda bot-bot kuzatilayotgan tanaga turli darajada tan jarohati yetkaziş bilan boğliq köngilsiz holatlarning oldini olişda, bu borada javobgarlikni belgilaş muhim masala ekanini ta'kidlaşdi.

Şu bilan birga, deputatlar qonun loyihasining ayrim me'yorlari böyiça qat'iy savollar qöyişdi. Jumladan, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolarni kasbiy faoliyat, sport faoliyati yoki xöjalik-maişiy maqsadlarda foydalaniş bilan boğliq holda jamoat joylarida, şu jumladan, barça turdagi jamoat transportlarida oçiq holda (ğilofsiz) olib yuriş javobgarlikka sabab bölişi haqida kiritilayotgan me'yor e'tiroz keltirib çiqardi.

Bu me'yor kodeksga kiritilişi köngilsizliklarning oldini oliş bilan birga, turli anglaşilmovçiliklarni keltirib çiqarişi, örinsiz jarimalar belgilanişiga olib kelişi mumkin. Masalan, huquq-tartibot idorasi xodimi fuqaroni qanday qilib bölsa-da javobgarlikka, jarimaga tortiş uçungina bu moddadan foydalanişi ham mumkin. 

Yiğilişda kun tartibidagi masalalar yuzasidan fraksiyaning tegişli qarori qabul qilindi.