Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilishda zilzilabardoshlik talablari buzilsa, javobgarlik oshiriladi
Prezidentning bino va inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan farmoniga muvofiq, noqonuniy va xavfli qurilishlarni erta aniqlash, bartaraf etish mexanizmlari takomillashtiriladi, zilzilabardoshlik talablarini buzgan qurilish-pudrat tashkilotlarining javobgarligi kuchaytiriladi.
Endilikda bino va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash bo‘yicha ishlar yanada kuchaytiriladi.
Prezidentning “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizligini ta’minlashda davlat nazorati va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, noqonuniy qurilishlarning oldini olish, ularni erta aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha mexanizmlar takomillashtiriladi.
Bu orqali qurilish-pudrat tashkilotlarining obektlar qurilishida zilzilabardoshlik talablariga rioya etish bo‘yicha javobgarligi oshiriladi, loyiha hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan, xavfli qarorlarni qabul qilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik choralari kuchaytiriladi.
2026 yil 1 yanvardan boshlab:
- 2 va undan yuqori qavatli barcha ko‘p kvartirali uy-joylarni instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazishga ixtisoslashgan loyiha tashkilotlarining ro‘yxati shakllantiriladi;
- ushbu tashkilotlarning reytingi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida yuritib boriladi.
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida instrumental-texnik tekshiruv xulosalari asosida bino va inshootlarning texnik holati doimiy monitoring qilinadi.
Farmon ijrosi natijasida zilzilabardoshlik talablariga javob bermaydigan qurilishlarga yo‘l qo‘ymaslik, aholining xavfsizligini ta’minlash va qurilish sohasida mas’uliyatni tubdan oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Mavzuga oid
22:32 / 11.07.2026
Sergelida ko‘p qavatli turarjoy qurilishi to‘xtatildi
19:01 / 11.07.2026
Uy qurilishiga ulush kiritgan shaxslarning mablag‘larini himoya qilish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlandi
08:40 / 10.07.2026
1000 metrli Jeddah Tower: bosh muhandis eng qiyin vazifani ochiqladi
23:09 / 04.07.2026