Qamçiq dovonida erkak miltiq kötargan holda savdo dökoniga bostirib kirdi. Holat 22 oktyabr kuni tunda sodir bölgan. Uning bu qilmişi savdo dökonidagi kameraga tuşib qolgan.

Kun.uz’ga kelib tuşgan videolavhada erkak qölida miltiq bilan dökonga kirib, baqir-çaqir qilgani va qurol bilan şu yerdagi boşqa bir erkakni urgani körinadi. Söngra u “senga kelaman deganmidim”, deya miltiq bilan sotuvçi ayolning boş qismiga zarba bergan. Keyin u rastadan oşib ötib, ayolga tan jarohati yetkazgan.

Kun.uz uşbu şaxs Angren şahrida yaşovçi, 1992 yilda tuğilgan D.K. ekaniga aniqlik kiritdi. U savdo dökonidagi sotuvçi ayol – 35 yoşli Ş.N. bilan bilan oldindan taniş bölgan. Erkak örtalarida kelib çiqqan janjal sababli uşbu harakatni sodir etgan.

Kun.uz sotuvçi ayol bilan suhbatlaşdi. Ş.N.ning aytişiça, ular oldindan taniş bölişgan.

“Rossiyaga borib işlab keladi. Turmuş qurişni taklif qildi. Avvaliga dadam rozi bölganday böldi. Ammo uning harakatlarini, qöpolligini körib qörqib qoldim va taklifini rad etdim. U Rossiyada işlab yurganida uy olamiz deya mening kartamga 3,5 ming dollar pul taşlagandi. Öşa kuni pulni qaytarişimni söradi. Xöp, kartadan yeçib olib, beraman, dedim. Işda bölganim uçun bunga ulgurmagandim. Yarim tunda miltiq kötarib dökonimga bostirib keldi. Miltiqning temir qismi bilan boşimga urdi. Oğir jarohat oldim. Şifoxonadan keça çiqdim”, deydi Ş.N.

Ayolning qöşimça qilişiça, holat böyiça Ohangaron tumani içki işlar bölimi tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda. Biroq hamon jinoyat işi qözğatilmagan va D.K. oçiqda yuribdi.

“Aksinça, xodimlar işni “yopti-yopti” qilişga urinmoqda. Sababi, uning yaqin qarindoşlari “organ”da işlaydi. Qamoq ehtiyot çorasi qöllaşmadi, oçiqda yuribdi. Bundan qörqyapmiz. Hatto qizimni boğçaga olib borişga ham qörqib qoldim”, deydi u.

Hozirça holat böyiça rasmiy ma’lumot berilmadi.