Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «tonirovka» uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma berish jarayoni boshlandi
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining 4ta ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limida ruxsatnoma berish jarayoni boshlandi.
2020 yil 5 avgust kunidan boshlab Toshkentda transport vositalarining oynalarini qoraytirish va tusini o‘zgartirish bo‘yicha belgilangan tartibda ruxsatnoma berish jarayoni boshlandi.
Shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limlarining quyidagi:
1. Mirobod tumani, Beshkent ko‘chasi, 45-uyda joylashgan (Fayzobod) manzilida (Shayxontohur, Mirobod va Bektemir tumanlariga xizmat ko‘rsatuvchi);
2. Yunusobod tumani, O.Zokirov ko‘chasi, 2-uyda joylashgan manzilda (Olmazor va Yunusobod tumanlariga xizmat ko‘rsatuvchi);
3. Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 118A-uyda joylashgan manzilda (Uchtepa va Chilonzor tumanlariga xizmat ko‘rsatuvchi);
4. Mirobod tumani, Vodil ko‘chasi 53-uyda joylashgan (Mirobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlariga xizmat ko‘rsatuvchi) manzillarida transport vositalarining oynalarini qoraytirish va tusini o‘zgartirish bo‘yicha belgilangan tartibda ruxsatnoma berish jarayoni amalga oshirilmoqda.
“Hurmatli shahrimiz fuqarolari, yuqoridagi manzillarga fuqarolik pasporti asli va transport vositasini qayd etish guvohnomasi asli bilan karantin qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda murojaat qilishingiz mumkin”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026