Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Malayziya qator yo‘nalishlarda o‘quv kurslari tashkillashtirishi kutilyapti
Ular sog‘liqni saqlash va aholi xavfsizligi, menejment, marketing, kichik va o‘rta biznesni yuritish, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, turizm kabi yo‘nalishlarda bo‘ladi.
2020 yil 7 avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov Malayziya Tashqi ishlar vazirligi bosh kotibi o‘rinbosari Nadzira Binti Osman bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv o‘tkazdi.
TIV xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarda O‘zbekiston-Malayziya sherikchiligini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar davlat boshqaruvi va kadrlar siyosati jabhalarida tajriba almashish hamda davlat xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini o‘rganishga qiziqish bildirishdi.
Hozirgi global pandemiya sharoitida sog‘liqni saqlash va aholi xavfsizligi sohasida, shuningdek menejment, marketing, kichik va o‘rta biznesni yuritish, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, turizm kabi muhim yo‘nalishlarda o‘quv kurslarini tashkillashtirishning dolzarbligi qayd etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Malayziya kun tartibining boshqa masalalari ham muhokama qilindi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:05 / 30.06.2026
“Ular tirik, 2030 yilda ozod etilishi kutilyapti” - TIV Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch o‘zbekistonlik haqida
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026