Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi korxonasi tibbiy niqoblar ishlab chiqarishni boshladi
Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasining «EKO-Kasper» mas'uliyati cheklangan jamiyati hozirgi karantin sharoitida ishlab chiqarishni qayta ixtisoslashtirmoqda.
Davlat mudofaa sanoati qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, endi bu yerda ikki maqsadga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarilmoqda.
Qurolli kuchlar hamda Radiatsiya, kimyo va biologik muhofaza qo‘shinlari uchun mo‘ljallangan nafas olish yo‘llarini himoya qilish vositalari hisoblangan gazli niqoblar, dushmanning ommaviy qirg‘in qurollaridan terini himoyalovchi vositalari va yengil himoya kostyumlarini tayyorlash bilan bir qatorda, keng aholi qatlami uchun uch qatlamli tibbiy niqoblar va himoya vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Shoshilinch ehtiyoj hamda zamonaviy talab tufayli jamiyat bu kabi ishlab chiqarish yo‘nalishini kengaytirishga qaror qildi. Jamoa karantin davridagi belgilangan qoida talablariga asosan va buyurtmalar qabul qilish to‘g‘risidagi tartibiga muvofiq ishlamoqda, deyiladi ma'lumotda.
Qayd etilishicha, davlat mudofaasi buyurtmasini bajarish barobarida, bu yerda ikki maqsadda foydalanish uchun gaz niqoblarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.
Kompaniya mahsulotlari Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiya bo‘linmalarida harbiy sinovlardan o‘tkazildi.
Mavzuga oid
19:09 / 08.12.2024
Gurjistonda ommaviy tadbirlarga niqob taqib borish taqiqlanadi
17:56 / 28.08.2024
AQShda jamoat joyida niqob taqqan yigit hibsga olindi
07:20 / 30.06.2022
Tibbiy niqob rejimi hozircha joriy etilmayapti, biroq taqib yurish maslahat beriladi - SES
23:31 / 09.12.2021