Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 1 mlrd dollarlik to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qildi
Eksport qilingan mahsulotlarning asosiy qismi Rossiya, Xitoy, Qirg‘iziston va Turkiya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Joriy yilning 7 oy natijalariga ko‘ra, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari eksportini 1 mlrd. dollardan oshirishga erishildi
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2019 yilga nisbatan mahsulotlarning eksportdagi o‘sish sur'ati 112 foizga ta'minlandi.
Ip kalavaning jami eksportdagi ulushi 49 foiz, gazlama va trikotaj matolar, tayyor tikuv va trikotaj mahsulotlar – qo‘shimcha va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarning jami eksportdagi ulushlari 51 foizga ta'minlashga erishildi.
395 turdagi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari 57 dan ortiq davlatlarga yetkazib berildi. Doimiy bozorlar hisoblangan MDH davlatlari qatorida Kuvayt, Vengriya, Slovakiya va Gretsiya kabi davlatlarga ham ilk bora to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.
Eksport qilingan mahsulotlarning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasi (394,5 mln. dollar – 39,2 foiz), Xitoy (187,6 mln. dollar – 18,6 foiz), Qirg‘iziston (139,1 mln. dollar – 13,8 foiz) va Turkiyaga (123,5 mln. dollar – 12,3 foiz) to‘g‘ri kelmoqda.
Mavzuga oid
13:16 / 21.01.2026
O‘zbekiston guruch eksportida Qozog‘iston birinchi o‘rinda
12:10 / 20.01.2026
Shokolad mahsulotlari eksporti qariyb 30 foizga oshdi
10:32 / 20.01.2026
O‘zbekiston limon eksportini oshirdi: asosiy xaridorlar Qozog‘iston va Rossiya
10:41 / 16.01.2026