Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Past Darg‘omda 44ta muhtoj oilaga bepul uy qurib beriladi
Tumanning Go‘zalkent massivida tuman hokimligi tashabbusi bilan har biri 2 sotixdan iborat 44ta uch xonali uylar qurilishi boshlandi.
Past Darg‘om tuman hokimligi axborot xizmatining Kun.uz`ga ma'lum qilishicha, bu uylar boquvchisini yo‘qotganlar, moddiy tomondan qiynalgan yolg‘iz ayollar va mehribonlik uyidan katta hayotga qadam qo‘yayotgan yetim bolalarga bepul beriladi.
Uylarning devori paxsadan ko‘tariladi. Mustahkamligini ta'minlash maqsadida, qurilish jarayonida 528 tonna sement, 12 ming metr armatura ishlatiladi. Tom qismini yopish uchun 5 ming 60 metr kub profnastil zarur bo‘ladi. Qurilish mahsulotlarining bir qismi sotib olinadi, qolgan qismi buzilishga tushgan davlatga qarashli bino-inshootlardan saralab olinadi.

Har bir uyga isitish tizimi, ichimlik suvi o‘rnatilgan, to‘liq jihozlangan holatda o‘z egalariga topshirilishi belgilangan. Bu uylarni tiklash hashar yo‘li bilan amalga oshiriladi.
44 xonadon o‘z egalariga topshirilgach, Past Darg‘omdagi:
- 10 nafar chin yetim;
- 20 nafar ijtimoiy ahvoli og‘irligi sabab farzandlarini mehribonlik uylariga topshirgan ayol va ularning 43 nafar farzandi;
- 14 nafar boquvchisini yo‘qotgan ayol va ularning 21 nafar farzandi uyli bo‘ladi.



Mavzuga oid
18:18 / 05.03.2026
Samarqandda sudya 300 dollar olayotganda ushlandi
13:33 / 03.02.2026
Samarqandda ikki tumanga yangi hokimlar tayinlandi
13:40 / 09.01.2026
Samarqandda 15 yoshli bola uylangani haqidagi video yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
17:31 / 04.12.2025