Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Koreyada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi
Avgust oyining boshidan beri Koreya Respublikasining qator hududlarida kuchli yomg‘ir va ko‘chkilar kuzatilmoqda va buning oqibatida 38 kishining halok bo‘lgani yoki bedarak yo‘qolgani xabar qilinmoqda.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma'lumotiga ko‘ra, shu paytgacha 4 mingga yaqin aholi o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan, 9,300 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari suv ostida qolgan. Mamlakat meteorologiya xizmati Chollanamdo viloyati va Katta Kvangju shahrida yog‘ingarchilik yanada ko‘payishini taxmin qilmoqda. To‘fonning yarim orolga qarab harakatlanishi ehtimoli sababli markaziy Chunchxon va sharqiy Gangvondo aholisi yana kuchli yomg‘irga tayyorlanmoqda.
Hozirda Janubiy Koreya to‘fon ta'sirida bo‘lib, juda kuchli yomg‘ir va shamol kutilmoqda. Asosiy zarba Koreya yarim orolining janubiy va sharqiy hududlarida sodir bo‘lishi mumkin.
Koreya Respublikasi O‘rmon xizmati mamlakatning 16 ta hududidagi ko‘chki xavfining «jiddiy» darajaga ko‘tarilgani haqida ogohlantirgan. Ayni paytda yomg‘ir yog‘ishda davom etib, mamlakat janubini suv bosmoqda. Ob-havo ma'lumotiga ko‘ra, bu holat markaziy va shimoliy hududlar, shu jumladan poytaxtda ham yuz beradi.
Bugungi kunda Koreya Respublikasida ko‘plab o‘zbekistonliklarning vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotganini inobatga olib, ulardan ehtiyotkorlikni oshirishlarini, tabiiy ofatlarda mamlakatda belgilangan ko‘rsatmalarga rioya qilishlarini so‘raymiz, deyiladi agentlik ma'lumotida.
Mavzuga oid
09:40 / 15.06.2026
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi
09:30 / 15.05.2026
Bahor salqin va seryog‘in keldi. Nahotki urush sabab?
10:43 / 14.05.2026
400 ming dollarlik firibgarlik: Koreya ish vizasi bilan bog‘liq holat fosh etildi
22:02 / 06.05.2026