Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmga maxsus reys orqali 162 nafar fuqaro olib kelindi
O‘zbekistonning 162 nafar fuqarosi charter reys bilan Moskva shahridan Urganchga olib kelindi.
Foto: Xorazm viloyati Transport boshqarmasi
Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilingan xalqaro aviatashuvlarni tashkil etish to‘g‘risidagi vaqtinchalik tartibga asosan, turoperatorlar va aviakompaniyalar tomonidan «Moskva - Urganch» charter reysi tashkil qilindi.
Bu reys orqali 162 nafar yo‘lovchi, jumladan 145 nafar erkak va 17 nafar ayol Urganch shahriga olib kelindi.


Charter reysda kelgan barcha yo‘lovchilar 10 kunlik karantin davrini o‘tkazish uchun mehmonxonalarga joylashtirildi, deb xabar berdi Xorazm viloyati Transport boshqarmasi matbuot xizmati.
Mavzuga oid
09:23 / 28.04.2026
«Urganch-1» suv ko‘taruvchi nasos stansiyasi yangilanadi – Saida Mirziyoyeva
21:46 / 27.04.2026
Saida Mirziyoyeva Xorazmda prezident qarorlari ijrosini o‘rgandi
10:15 / 17.04.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg opiy musodara qilindi
11:00 / 02.04.2026