Tadqiqot ma’lumotlariga köra, har bir fin fuqarosi bir yilda örtaça 9,6 kilogramm qahva iste’mol qiladi. Qahva Finlandiya madaniyatining ajralmas qismiga aylangan bölib, hatto mehnat qonunçiligida xodimlar uçun ikki marta ön daqiqalik qahva tanaffusi nazarda tutilgan. Mutaxassislar bu holatni mamlakatning sovuq iqlimi va uzoq qiş fasli bilan ham boğlaydi.
Ikkinçi örindan Norvegiya joy olgan. Bu mamlakatda bir kişi yiliga örtaça 7,2 kilogramm qahva içadi. Norvegiyaliklar qahvani asosan qora holda, nonuşta paytida yoki keçki ovqatdan keyin şirinliklar bilan birga iste’mol qiladi. Mamlakatda mehmon çaqiriş va qahva ustida suhbatlaşiş alohida an’ana hisoblanadi.
Uçinçi poğonada Niderlandiya qayd etilgan. Bu yerda aholi jon boşiga örtaça 6,7 kilogramm qahva töğri keladi. Qahva mamlakat ijtimoiy hayoti va kundalik muloqotining muhim qismi sifatida qaraladi.
Şvetsiya ham qahvasevar davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakat aholisi har yili örtaça 6,5 kilogramm qahva iste’mol qiladi. Bu yerdagi maşhur fika an’anasi — qahva va pişiriqlar bilan qisqa dam oliş marosimi şved madaniyatining muhim elementi hisoblanadi.

Beşinçi örinni Sloveniya egallagan. U yerda har bir kişi yiliga örtaça 6,1 kilogramm qahva iste’mol qiladi. Mamlakat qahvaxonalari va qahva madaniyati bilan Yevropada yaxşi tanilgan.
Avstriya reytingda oltinçi örindan joy olgan. Bu mamlakatda aholining 92 foizi muntazam qahva içadi. Vena qahva madaniyati esa dunyodagi eng maşhur qahva an’analaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Avstriyaliklar yiliga örtaça 5,5 kilogramm qahva iste’mol qiladi.
Serbiya ham yuqori körsatkiçlarga ega davlatlardan biri hisoblanadi. 2021 yilda mamlakatda qahva iste’moli 99 ming tonnadan oşib, tarixiy rekord qayd etilgan.
Reytingning keyingi örinlarida Daniya joylaşgan. Bu mamlakatda bir kişi yiliga örtaça 5,3 kilogramm qahva içadi. Daniya tilida hatto kaffeslabberas degan maxsus atama mavjud bölib, u qahva va pirog atrofidagi norasmiy uçraşuvni anglatadi.
Mutaxassislar fikriça, qahva iste’molining yuqori darajasi nafaqat iqlim şaroiti, balki milliy an’analar, mehnat madaniyati va ijtimoiy hayot tarzi bilan ham çambarças boğliq. Şu bois qahva köplab mamlakatlarda oddiy içimlik emas, balki madaniyat va turmuş tarzining bir qismi sifatida qaraladi.












