Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston milliy jamoasining JCh-2022 saralash o‘yinlari keyingi yilga qoldirildi
O‘zbekiston milliy jamoasining oktabr va noyabr oylariga mo‘ljallangan JCh-2022 saralash bosqichi o‘yinlari o‘tkazilmaydi.
Tribuna.uz manbasi xabariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq murakkab vaziyat tufayli, 2020 yil yakuniga qadar milliy jamoalarning rasmiy o‘yinlariga taqiq qo‘yildi. JCh-2022 saralash o‘yinlarining barchasi 2021 yilga qoldirilgan.
O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2022 saralashining 2-bosqichida 13 oktabr kuni safarda Yaman bilan, 12 noyabr kuni o‘z maydonida Singapur bilan, 17 noyabr kuni safarda Saudiya Arabistoni bilan o‘ynashi lozim edi.
Bundan tashqari, 4 sentabr kuni Tojikiston bilan, 7 sentabr kuni Eron bilan Toshkentda o‘rtoqlik bahsida maydonga tushishi rejalashtirilgan edi.
Mavzuga oid
23:50 / 01.07.2026
Bosh vazir futbolchilardan milliy jamoani tanqid qilgan «divan ekspertlarini» kechirishni so‘radi
21:25 / 01.07.2026
Jahon chempionatidan qaytgan O‘zbekiston milliy jamoasi tantanali kutib olindi
03:11 / 28.06.2026
“Strategik jihatdan biz yutib bo‘ldik” – O‘zbekistonning AQShdagi elchisi
07:06 / 27.06.2026