Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmazor tumanida O‘zbekiston-Turkiya texnoparki tashkil etiladi
Texnoparkda tibbiy vaksinalar va dori-darmon, uchuvchisiz qurilmalarni ishlab chiqarish mo‘ljallangan.
Turkiyaning eng yirik nashrlaridan biri – «Saboh» gazetasi innovatsiyalar sohasida O‘zbekiston va Turkiya hamkorligining yangi bosqichi haqida maqola e'lon qildi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi xabariga ko‘ra, nashrning «O‘zbekistonga texnopark investitsiyasi» maqolasida turli sohalarni qamrab olgan yirik texnologik loyiha – Olmazor texnoparkini moliyalashtirish haqida so‘z yuritilgan.
Innovatsion rivojlanish vazirligi taklifi bilan barpo etiladigan texnoparkda Turkiyaning yuqori texnologiyalar sohasida dunyo bo‘ylab ishlayotgan davlat va xususiy korxonalari faoliyat yuritadi. Yer ajratish bilan bir qatorda, O‘zbekiston hukumati ushbu loyihaning infratuzilmasini o‘z zimmasiga oladi, shuningdek, mamlakatning ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanadigan kompaniyalari ham texnoparkka jalb qilinadi. Loyihaning Turkiya tomonidan ishtirokchisi esa Istanbul texnoparki bo‘ladi.

Turk dunyosi birdamlik uyushmasi vitse-prezidenti Mustafo Jankat Aytek tomonlarning har biri 50 foiz ulushga ega bo‘lishini ta'kidladi. Aytek mintaqadagi boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilish ustida ham ish olib borilayotganligini ma'lum qildi.
Mustafo Jankat Aytek 2019 yilda O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Oybek Norinboyev boshchiligidagi delegatsiyaning Istanbul texnoparkiga tashrif amalga oshirilganligini ta'kidlab, quyidagi ma'lumotlarni bayon etdi: «Ziyorat asnosida O‘zbekiston delegatsiyasi va Istanbul Texnoparki bosh direktori Bilol To‘pchi orasida hamkorlik, shu jumladan, mamlakatda qo‘shma texnopark tashkil etish masalalarini o‘z ichiga olgan memorandum imzolangan».
Mustafo Jankat Aytek texnoparkda tibbiy vaksinalar va dori-darmon, uchuvchisiz qurilmalarni ishlab chiqarish, kommunikatsiya sohasida yangi texnologiyalarni yaratish, qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat sohasidagi tadqiqotlarni amalga oshirish uchun keng ko‘lamli investitsiyalar kiritilishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
14:10 / 24.02.2026
Bekobodda O‘zbekiston–Boshqirdiston texnoparki quriladi
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026