Şuningdek, Putin vaksinani ommaviy işlab çiqarişni tez orada boşlaş maqsad qilinganini va vaksina özining qizida ham sinab körilganini aytdi. «Men vaksina juda yaxşi işlaşini va kuçli immunitetni yaratişini bilaman. Vaksina barça zarur tekşiruvlardan ötdi», dedi u.
Rossiya oktabr oyida mamlakatda koronavirusga qarşi ommaviy emlaş kampaniyasini boşlaşni rejalaştirmoqda. Birinçi bölib şifokorlar va öqituvçilar emlanadi. Vaksina bepul böladi va u bilan boğliq xarajatlar mamlakat budjeti tomonidan qoplanadi.
Xöş, ba'zi mutaxassislar tomonidan şubha bildirilayotgan Rossiya vaksinasi haqida nimalar ma'lum?
«Beşdan ortiq mamlakat vaksinamizni işlab çiqarişni xohlamoqda»
Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov TASS agentligiga bergan intervyusida aytişiça, Gamaleya institutining Vladimir, Yaroslavl va Moskva oblastlaridagi uçta korxonasi Generium, R-Pharm ve Binnopharm bilan ommaviy işlab çiqariş ustida iş olib bormoqda. Manturov, şuningdek, vaksinani ommaviy işlab çiqariş sentabr oyi boşida boşlanişini bildirgan.
Manturovning sözlariga köra, bu yil har oyda «bir neça ming doza» vaksinasi işlab çiqariladi. 2021 yilga borib, Rossiya kompaniyalari Gamaleya institutining bir neça million dozasini işlab çiqaradi.
Dmitriyev «Rossiya-24» telekanaliga bergan intervyusida esa dunyoning 20dan ortiq mamlakati uşbu vaksinaga qiziqiş bildirganini ma'lum qildi. «Hozirda kamida beş davlat Rossiya vaksinasini biz bilan işlab çiqarişni boşlaş uçun faol işlamoqda», dedi u.

Farmatsevtika kompaniyalaridan şoşilmaslik söraldi
RBK naşri xabariga köra, Rossiya klinik tadqiqotlar muassasalari uyuşmasi (ACOI) Soğliqni saqlaş vaziri Mixail Muraşkoga rasmiy bayonotni klinik sinovlarning uçinçi bosqiçi muvaffaqiyatli yakunlanmagunça keçiktirib turişni sörab maktub yöllagan.
Uyuşma direktori Svetlana Zavidova imzosi bilan yuborilgan mazkur maktubda vazirlikning keksalarni emlaşni boşlaş töğrisidagi qarorga işora qilingan va keksalarning xavfsizligiga doir ma'lumotlar yöqligi ta'kidlangan.
Bloomberg bilan suhbatda Zavidova Rossiyada emlaş böyiça olib borilgan tadqiqotlar haqida quyidagilarni ma'lum qilgan edi.














