Rossiya vaksinasi – amaldorlar gapi va hujjatlardagi farqlar
|20:25 / 12.08.202065 93811 min
Rossiyaning «Fontanka» naşri Akademik N.F.Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazining koronavirus infeksiyasiga qarşi vaksinasi töğrisidagi hisobot bilan tanişdi. U prezident Vladimir Putin va soğliqni saqlaş vaziri Mixail Muraşko bayonotlaridan farq qilgan holda umidli körinmayapti.
Foto: Anatoliy Jdanov/«Kommersant'»
11 avgust kuni röyxatdan ötkazilgan va COVID-19 profilaktikasi uçun möljallangan vaksinaning epidemiologik samarasi örganib çiqilmagan. Tadqiqot paytida 38 nafar köngillida 144ta nojöya ta'sirlar qayd etilgan. Eritmani bemorga quyiş çoğida şifokorlar qöl ostida şokka qarşi uskuna bölişi şart – bu haqda «Gam-Kovid-Vak» taqdimot marosimidan oldin prezidentga xabar berilmagan.
Immunitet qançalik barqaror
«Bugun ertalab dunyoda ilk marta yangi koronavirus infeksiyasiga qarşi vaksina röyxatdan ötkazildi. U yetarli darajada samarali işlaydi, barqaror immunitetni hosil qiladi va barça zarur sinovlardan ötgan», deb bayonot berdi Vladimir Putin 11 avgust kuni hukumat a'zolarining yiğilişida.
Soğliqni saqlaş vaziri Mixail Muraşko ham şunga monand bayonot berdi.: «Natijalarga köra, vaksina yuqori samaradorlik va xavfsiz ekanini körsatdi. Köngillilarning barçasida COVID‑19 antitanalarining yuqori titrlari hosil böldi. Ularning heç birida immunizatsiya bilan boğliq jiddiy asoratlar qayd etilmadi».
Titr – muayyan miqdordagi zardobda mavjud antitanlar miqdori. Uning ölçov birligi mMe/ml bölib, u qança kam bölsa, organizmda antitanalar miqdori ham şunça kamligini bildiradi. 49,3 körsatkiç antitanalar örtaça miqdoriga ham yetmaydi. Vaqt ötgan sari u yanada kamayib boradi.
«Gam-Kovid-Vak»ni röyxatdan ötkaziş uçun topşirilgan Gamaleya Markazi hujjatlarida vaksina faqat favqulodda holatlar şaroitida qöllanadigan jarayondan ötgani, uni faqat aholini vaksinoprofilaktika qiliş huquqiga ega bölgan tibbiyot muassasalarida qöllaş mumkinligi qayd etilgan. Çeklovlar öta tezkor va yetarli darajada keng ötkazilmagan tadqiqotlar bilan boğliq.
Immunologik xususiyatlar va xavfsizlik faqat 38 nafar katta yoşdagi soğlom köngillilarda örganilgan. Immunizatsiya natijasida köngillilarning 100 foizida infeksiyaga qarşi immunitet hosil böldi, deyiladi Gamaleya Markazi hisobotida. Biroq, atigi 42 kun davomida ötkazilgan tadqiqotlar çuqur xulosalar qiliş imkonini bermagan.
Mavzuga oid
«Hozirgi vaqtda himoya titri aniq emas. Himoyaning davomiyligi ham noaniq. Epidemiologik samarani aniqlaş maqsadida klinik tadqiqot ötkazilmagan», deyiladi hisobotda.
Titr – bu qon zardobini antitana aniqlaş imkonini bergunga qadar suyultiriş körsatkiçidir. MMe/ml (xalqaro millilitrga bölgan millibirlik) qançalik past bölsa, antitanalar şunçalik kam böladi.
Vaksinatsiya qilinganidan 42 kun ötgaç köngillilarning qon zardobida örtaça 49,3 titrga ega antitanalar hosil bölgan. Bu körsatkiç antinalarning örtaça darajasiga ham yetmaydi. Qoidaga köra, vaqt ötişi bilan u yanada pasayadi.
«Soğliqni saqlaş vazirligi «Gam-Kovid-Vak» qöllanganida immunitet 2 yilgaça saqlanib turişi haqida xabar berdi. Ammo bu gipotezani tasdiqlovçi ma'lumotlar yöq», deb aytdi Seçenov nomidagi universitetning patofiziologiya professori Anton Yerşov.
Vaksina xavfsizmi?
Foto: Mixail Djaparidze/TASS
«Qizlarimdan biri şu vaksina bilan emlandi. Birinçi ukoldan keyin harorati 38 darajaga kötarildi, ertasi kuni 37 darajadan sal oşdi va tamom. Ikkinçi ukoldan keyin harorat biroz oşdi, keyin umuman yöqoldi. Özini yaxşi his qilyapti, titrlar ham baland. Emlaşdan keyin köpçilikda umuman heç qanday asorat va harorat kuzatilmayotganini bilaman. Hammasi xuddi heç narsa qilinmagandek keçmoqda», degandi Putin.
Xavfsizlik, boşdan keçiriş va preparatning immunogenligi böyiça ötkazilgan klinik tadqiqotlar asosida şakllangan Gamaleya Markazi hujjatlari taşqi asoratlar va nojöya ta'sirlar yöqligini tasdiqlay olmaydi. Mutaxassislarning tan olişiça, noma'qul hodisalar «tez va juda tez» uçramoqda.
«Nojöya ta'sirlarning yuz beriş körsatkiçini aniq hisoblaş imkoni yöq, çunki tadqiqotda iştirok etayotgan köngillilar soni çeklangan», deyiladi hisobotda.
38 nafar köngillida 144ta nojöya ta'sirlar aniqlangan. Ularning köpçiligi asoratsiz ötgan. Ammo tadqiqotning 42-kuniga kelib, 31ta nojöya ta'sir bartaraf qilinmagan, 27ta nojöya ta'sirning yakuni qanday bölgani mutaxassislarga ma'lum emas.
Vaksinatsiyadan keyin köngillilarning eritma quyilgan joyida şiş, oğriq, gipertermiya va qiçima kuzatilgan. Asteniya, köngil aynişi, pireksiya, haroratning kötarilişi, iştahaning pasayişi, boş oğriği, tomoq oğriği, diareya, burun bitişi, tomoq qiçişi va rinoreya – umumiy asoratlar sifatida qayd etilgan.
Qöllaniş tartibi
2020 yil iyul oyida Gamaleya Markazi direktori Aleksandr Ginsburg «Gam-Kovid-Vak» bilan xatarli guruhga kiruvçilarni, jumladan nafaqaxörlarni emlaş lozimligini aytgan edi.
Vladimir Putin esa vaksina haqida şunday dedi: «Umid qilamanki, tez orada vaksinani ommaviy ravişda işlab çiqaramiz, muhimi – undan öz xohişiga köra har kim foydalanişi mumkin. Har kim mutaxassislarimiz, olimlarimiz yutuğidan foydalaniş imkoniyatiga ega bölişi lozimligini bir neça marta ta'kidlaganman».
Gamaleya Markazi mutaxassislarining fikriga köra, vaksinadan istalgan odam foydalana olmaydi. Uni qöllaş mumkin bölmagan holatlar miqyosi juda keng.
Tibbiyot hujjatlaridan kelib çiqilsa, vaksinani qöllaş 18-60 yoş oraliği çegarasiga ega. Bu tadqiqotlarning juda qisqa vaqt davomida ötkazilgani bilan boğliq. Bolalar va keksalarga preparatni qöllaş taqiqlangan.
Şuningdek, homilador va emizikli ayollarga ham uni qöllaşga ruxsat berilmagan, çunki «samarasi va xavfsizligi örganilmagan». Bundan taşqari, vaksinaning boşqa dorilar bilan özaro ta'siri va uning transport vositasini boşqariş qobiliyatiga ta'siri qandayligi haqida ma'lumotlar yöq.
Vaksinani buyrak va jigardagi surunkali kasalliklarda, qandli diabetda, epilepsiya, insult, yurak qon-tomir tizimidagi kasalliklarda, immuntanqisligida, autoimmun kasalliklarida, allergik reaksiyalarda, atopiya, ekzemada ehtiyotkorlik bilan qöllaş lozim.
Şuningdek, vaksina komponentlaridan biriga giperta'sirçanlik bor holatlarda, anamnezda oğir allergik reaksiyada, ötkir kasalliklarda va surunkali kasalliklarning zörayişida vaksinani qöllaşga ruxsat berilmagan.
Oğir bölmagan ÖRVI (ötkir respirator virus infeksiyasi) yoki oşqozon-içak traktining ötkir infeksiyali kasalliklarida faqat harorat pasayganidan keyin vaksinani qöllaş mumkin (ammo bu qoida har qanday vaksinatsiya uçun taalluqli).
Gamaleya Markazi «Gam-Kovid-Vak» tarkibini töliq oşkor qildi. U 2ta eritmadan iborat. Birinçisida insonning Ad5 rekombinant adenovirusi mavjud, ikkinçisida – Ad26. Bu ötkir respirator kasalliklarning qözğatuvçilaridir. Şu sababli preparat «grippga öxşaş sindrom»ni keltirib çiqaradi. Adenoviruslar SARS-CoV-2 virusining S oqsilini yetkazib beruvçi transport-vektor sifatida xizmat qiladi.
Yordamçi moddalar sifatida saxaroza, tuzning 2ta turi, 95 foizli etanol, xlorid magniy geksagidrati, polisorbat, suv va «Tris» kimyoviy birikmasidan foydalanilgan.
«Gamaleya Markazi mutaxassislari COVID‑19 epidemiyasiga samarasi va xavfsizligi isbotlangan tayyor texnologik platforma bilan yetib kelişdi», dedi Mixail Muraşko. U olimlarning Ebola bezgagi va MERS virusiga qarşi bir tipdagi vaksinalari bilan işlaş tajribasi borligini közda tutgan edi.
Afsuski, Gamaleya Markazi texnologik platformani 10 yildan ortiq muddat davomida işlab çiqayotgan bölsa-da, «Gam-Kovid-Vak»ning tibbiy hujjatlarida preparatning vaksina-nomzod yoki eksperimental ekani haqida juda köp tavsiflar bor.
Mutaxassislar vaksinatsiya ötkaziladigan joylar şokka qarşi terapiya uskunalari bilan jihozlangan bölişi şartligidan ogohlantirişmoqda.
«Preparatga qarşi maxsus antidot yöq. Dozani oşirib yuboriş xatari kam, çunki vaksinatsiya malakali tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oşiriladi. Biroq, doza tasodifan oşirib yuborilsa, toksik va allergik reaksiyalar bölişi mumkin», deyiladi qöllaniş yöriqnomasida.
Vaksina emlanganidan söng patsiyent 30 daqiqa davomida tibbiyot xodimlarining kuzatuvi ostida bölişi lozim.
Gamaleya Markazi preparati taşqi ta'sirlarga juda sezuvçan. Uni muzlatilgan holda, minus 18 darajadan yuqori bölmagan haroratda saqlaş şart. Qöllanişdan oldin xona haroratida 30 daqiqadan köp bölmagan vaqtda uşlab turiş lozim. Emlaşdan oldin ehtiyotkorlik bilan çayqab, aralaştiriş talab etiladi. Ampulani keskin çayqaş va takroran muzlatiş mumkin emas.
Tajribalar
«Bugungi kunda vaksinaga bir qança mamlakatlar qiziqiş bildirmoqda. Tez orada u ommaviy ravişda muomalaga kiritiladi. Dastlab, infeksiya yuqtirib olgan odamlar bilan işlaydiganlar emlanadi, birinçi navbatda – şifokorlar. Şuningdek, farzandlarimizning soğliği bilan boğliq bölgan insonlar – öqituvçilar ham», dedi Mixail Muraşko.
Pandemiya qoidalariga köra, vaksina röyxatdan ötganidan söng, aholini emlaşda qöllanilişi mumkin. Biroq, dori vositalarining davlat reyestrida qayd etilişiça, «Gam-Kovid-Vak» 2021 yil 1 yanvaridan oldin muomalaga çiqmaydi. Bungaça Gamaleya Markazi bir neça ming odam iştirokida klinik sinovlarning 3-bosqiçini yakunlab olişi lozim. Bu esa amalda klinik tadqiqotlar aholini vaksinatsiya qiliş jarayonida ötkazilişini anglatmoqda.
Dunyodagi munosabat
Xalqaro hamjamiyat Rossiyada vaksinaning röyxatdan ötkazilişiga işonqiramagan holda qarayapti.
«Maqsad – vaksinani birinçi bölib işlab çiqiş emas. Muhimi – samarali va xavfsiz preparatga ega böliş», dedi AQŞ soğliqni saqlaş vaziri Aleks Azar. U Rossiyadagi vaksina klinik sinovlarning 3-bosqiçini ötkazmay turib va dastlabki 2-bosqiç haqidagi ilmiy ma'lumotlar yöq bölgan şaroitda röyxatdan ötganini eslatdi.
Stokholmning Karolina tibbiyot instituti laboratoriya bölimi rahbari Matti Selberg RIA «Novosti» agentligiga bergan intervyusida vaksinaning hayvonlarda qanday sinalgani haqida heç qanday ma'lumot topolmaganini aytdi.
«Vaksina hayvonlarda qanday qöllangani haqida ma'lumot yöq. Mos ravişda uning insonlarda qanday iş berişini taxmin qiliş imkonsiz. Bundan kelib çiqib, uning qançalik samarali ekani haqida ham gapiriş qiyin. Vaksina haqidagi ilmiy ma'lumotlarning yöqligi işonçsizlik tuğdirmoqda», dedi u.