Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turistik xizmatlar sertifikatlanadi, turistik industriya obektlari tasniflanadi
Vazirlar Mahkamasining 10.07.2020 yildagi «O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 433-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi nizom (1);
Fuqarolar yig‘inlariga «Turizm mahallasi», «Turizm qishlog‘i» va «Turizm ovuli» maqomini berish to‘g‘risidagi nizom (2).
Norma’ning yozishicha, nizomda (1) nazarda tutilmagan turistik xizmatlarning alohida turlari, shu jumladan umumiy ovqatlanish tashkilotlari (restoranlar) xizmatlari, turistlarga ko‘rsatiladigan transport xizmatlari ixtiyoriy asosda sertifikatlashtiriladi.
Turoperator, joylashtirish vositasi, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlari bo‘yicha turizm faoliyati faqat belgilangan tartibda tegishli sertifikatlar olingandan keyin va ularning amal qilish muddati davomida amalga oshirilishi mumkin.
Sertifikatning amal qilish muddati, berilgan sertifikatni har yili inspeksiya nazoratini o‘tkazgan holda uch yildan iboratdir. Sertifikatning asl nusxasi bevosita sertifikatlashtirish obektida turadi va u uchinchi shaxslarga berilmaydi. Amaldagi sertifikatsiz turoperatorlik, joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlari bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Sanab o‘tilgan xizmatlarni sertifikatlashtirish, ularga toifa berish, shuningdek sertifikatlashtirilgan xizmatlarning standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiqligining inspeksiya nazoratini o‘tkazish Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi «Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi» DUK tomonidan amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oilaviy mehmon uylari va xostellar xizmatlarini sertifikatlashtirish soddalashtirilgan holda, ularni o‘rganish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi. Ushbu obektlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga kiritiladi.
Sertifikatlashtirish uchun ariza beruvchi Markazga elektron shaklda Markazning rasmiy veb-sayti orqali ariza va unga ilova qilingan hujjat va ma'lumotlarni yuboradi.
Nizomda turoperatorlik, joylashtirish vositasi, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlarini sertifikatlashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati, shuningdek sertifikatlashtirish tartibi ko‘rsatilgan.
Ariza beruvchi o‘zining turistik industriya obektlariga toifa berilishiga da'vogar bo‘lsa, bu to‘g‘rida arizada ko‘rsatib o‘tilishi kerak. Turistik industriya obektlarini baholash vaqtida komissiya ushbu obektni tasniflash tizimiga binoan uning tegishli toifaga muvofiqligini aniqlaydi.
Mehmonxonalar toifalari yulduzlar ko‘rinishidagi belgi bilan belgilanadi va beshta toifa bo‘yicha tasniflanadi. Oliy toifa – besh yulduz, eng past toifa – bitta yulduz.
Tog‘ chang‘isi trassalari to‘rtta toifa bo‘yicha tasniflanadi:
- yashil rang – o‘rganuvchilar uchun;
- ko‘k rang – murakkablikning quyi darajasi;
- qizil rang – murakkablikning o‘rta darajasi;
- qora rang – murakkablikning yuqori darajasi.
Plyajlar uchta toifaga tasniflanadi: ko‘k bayroq – I toifadagi plyaj uchun; yashil bayroq – II toifadagi plyaj uchun; sariq bayroq – III toifadagi plyaj uchun.
Shuningdek Nizomda quyidagilar qayd etilgan:
- sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha qarorlar qabul qilish tartibi;
- sertifikat berish tartibi;
- ko‘rsatilayotgan xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish va qisqartirish bo‘yicha sertifikatlashtirish tartibi;
- sertifikatlashtirish obektining inspeksiya nazorati tartibi;
- yashirin baholash tartibi;
- sertifikatni qayta rasmiylashtirish, uning dublikatini berish tartibi.
Nizom (2) fuqarolar yig‘inlariga «Turizm mahallasi», «Turizm qishlog‘i» va «Turizm ovuli» maqomini berish tartibini belgilaydi.
Fuqarolar yig‘iniga turizm mahallasi maqomini berishdan asosiy maqsadlar quyidagilar hisoblanadi:
- fuqarolar yig‘inida azaldan saqlanib qolgan moddiy va madaniy merosini, urf-odatlari va turmush tarzini saqlash, ilgari surish va targ‘ib qilish;
- xorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb qilish;
- turizmni barqaror rivojlantirish, turistlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- mahalliy aholining madaniyati va an'analarini ommalashtirish;
- turizm mahallasining ekologiyasini hamda tabiiy boyliklarini asrash va yaxshilash;
- fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash;
- fuqarolar yig‘ini hududida yangi ish o‘rinlarini yaratish;
- turizm xizmatlari sifatini belgilangan talablarga muvofiqlashtirish;
- turizm xizmatlarini ko‘rsatishda qonun talablariga rioya qilish.
Fuqarolar yig‘ini turizm mahallasi maqomini olishi uchun quyidagi talablar va shartlarga javob berishi lozim:
- fuqarolar yig‘ini hududida xorijiy va mahalliy turistlarni qabul qilish uchun kamida 20 ta oilaviy mehmon uylarining mavjudligi;
- fuqarolar yig‘ini hududida turistlarga kamida 5 ta sifatli turistik xizmatlarni taqdim etish (turar joy va (yoki) ovqatlanish xizmatlaridan tashqari);
- fuqarolar yig‘ini hududida mahalliy ishlab chiqarilayotgan esdalik sovg‘alari mahsulotlarini (kamida bitta savdo nuqtasi) sotish shoxobchalarini tashkil etish;
- fuqarolar yig‘ini hududida turizmning quyidagi turlaridan birini tashkillashtirish: ekoturizm (geoturizm); agroturizm (qishloq); etnografik; madaniy va tarixiy;
- fuqarolar yig‘ini hududida turistlar va ekskursantlar xavfsizligini ta'minlash;
- zarur ko‘rsatkichlarni o‘zbek, rus va ingliz tillarida mavjudligi;
- birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi va boshqalar.
Shuningdek Nizomda quyidagilar belgilangan:
- fuqarolar yig‘ini turizm mahallasi maqomini olishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlar;
- fuqarolar yig‘iniga turizm mahallasi maqomini berish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish tartibi;
- fuqarolar yig‘inining huquqlari, vakolatli davlat organining turizm mahallasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha vazifalari.
Hujjat 10.07.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026