Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh qochqinlarni yana qabul qila boshladi
AQShda qochqinlarni qabul qilish dasturi 30 iyuldan o‘z ishini qayta boshladi. Dastur 5 oy avval pandemiya sababli to‘xtatib qo‘yilgandi.
AQSh ma'muriyati mamlakatga kirishi ma'qullangan qochqinlarni yana qabul qilmoqda. Bu haqda davlat departamenti vakili ma'lum qildi.
“Bu dastur dunyodagi eng notavon qochqinlar uchun hayotiy ahamiyatga ega. Ularda boshqa chora yo‘q va ular pandemiya sababli yanada og‘ir ahvolga tushganlar”, deb aytgan AQSh vakili.
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo qochqinlarni qabul qilishni 29 iyulda ma'qullagan.
“Iltimosi ma'qullangan qochqinlarni qabul qilish dasturi koronavirus bilan bog‘liq barcha xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda 30 iyuldan o‘z ishini qayta boshladi”, deb ma'lum qilgan davlat departamenti vakili.
31 iyul holatiga ko‘ra, AQShga kirish huquqini 7905 kishi olgan. AQShda oktyabrda yakunlanadigan joriy moliyaviy yilda mamlakatga kelgan qochqinlar soni hukumat kutgandan kamroq bo‘ladi.
Avvalroq BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi vakili Pablo Mateu koronavirus pandemiyasi sababli dunyoda muhojirlar va qochqinlar soni kamayganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
22:32 / 07.07.2026
AQSh 100 yil ichida birinchi marta dumaloq bo‘lmagan tanga chiqaradi
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026