Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farmkompaniyalar AQSh uchun grippga qarshi rekord miqdorda vaksina tayyorlamoqda
Foto: Eli Lilly
Joriy yilda farmatsevtika kompaniyalari AQShga grippga qarshi vaksinadan 200 mln dona yetkazishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Wall Street Journal nashri xabar berdi. Bu nafaqat 2019 yildagiga nisbatan 13 foiz ko‘proqni tashkil qiladi, balki AQSh sog‘liqni saqlash tizimi uchun mutlaq rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Grippga qarshi vaksinaga ehtiyojning oshishi koronavirus pandemiyasi bilan bog‘langan. Sog‘liqni saqlash sohasidagi mutaxassislar pandemiya sharoitida gripp mavsumi shifoxonalar va boshqa tibbiy muassasalarning haddan ortiq yuklanishiga olib kelishini ta'kidlashmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda har yil 45 mlnga yaqin kishi grippga chalinadi, 34 ming kishi virusdan vafot etadi. Qurbonlardan aksariyatini keksa kishilar tashkil qiladi. Shu bilan birga, amerikaliklar grippga qarshi vaksinani xushlashmaydi: har yil grippga qarshi emlashdan amerikaliklarning yarmidan kamrog‘i o‘tadi, bolalar orasida bu ko‘rsatkich 62 foizni tashkil qiladi. Pandemiya esa vaziyatni yanada qiyinlashtirgan: AQShda bahorda bolalar emlanishi darajasi 40 foizga tushib ketgan.
Mavzuga oid
01:00 / 25.01.2026
AQShda qor bo‘roni sababli 10 mingdan ortiq reys bekor qilindi
21:54 / 24.01.2026
AQSh Venesuelada qo‘llagan “sirli qurol” tafsilotlari ma’lum qilindi
13:18 / 24.01.2026
Germaniya: Moskva murosaga tayyor bo‘lmasa, natija bo‘lmaydi
13:07 / 24.01.2026