Eronda 27 yil davomida ishlab chiqarilgan eng talabgir avtomobil chiqarilishi to‘xtatildi
Eronda Iran Khodro kompaniyasidan keyin yirikligi bo‘yicha 2-o‘rinda turuvchi SAIPA konserni SAIPA Pride avtomobillari ishlab chiqarilishini to‘xtatdi.
SAIPA Pride avtomobili Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan Kia Pride modelining lisenzion nusxasi hisoblanadi.
SAIPA bu mashinasining oxirgi nusxasini iyul oxirida yig‘di. Bu avtomobil 131 indeksi bilan belgilangan sedan bo‘lgan. SAIPA Pride qatoriga tegishli boshqa modellar – 141 indeksli liftbek, 111 indeksli xetchbek va 132 indeksli restayling qilingan sedan bir necha oy avval ishlab chiqarishdan olingan bo‘lgan. Ushbu qatordan ishlab chiqarilishi davom etadigan model - SAIPA 151 yuk pikapi bo‘ladi.
Eronda Pride 1993 yildan beri ishlab chiqarilgan. U mamlakatdagi eng talabgir va eng arzon mashina bo‘lgan. SAIPA ushbu mashinadan umumiy hisobda 6,3 mln dona, ya'ni yiliga o‘rtacha 230 ming dona ishlab chiqargan.
Original Kia Pride 1987 yilda ishlab chiqarilgan. Biroq aslida bu model ham Janubiy Koreya kompaniyasiga tegishli bo‘lmagan. U dastlab 1986 yilda Ford Festiva nomi bilan chiqarilgan bo‘lsa-da, ammo uni Yaponiyaning Mazda kompaniyasi ishlab chiqqan. O‘shanda yapon kompaniyasining aksiyadori Ford bo‘lgan. 1987 yilda ushbu model Yevropa va Avstraliya bozorlarida Mazda 121 nomi bilan sotilgan.
Eronda Pride qatoriga kiruvchi mashinalar 1,3 litrli va 69 ot kuchiga ega Mazda B3 dvigateli bilan jihozlangan. Ularda oldi g‘ildiraklar tortuvchi, uzatmalar qutisi esa mexanik shaklda bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:05 / 16.11.2024
YeI Rossiya uchun ballistika tufayli Eronga qarshi sanksiyalar tayyorladi
20:37 / 15.11.2024
Isroil Erondagi maxfiy yadro laboratoriyasini yo‘q qildi - OAV
00:51 / 15.11.2024
Pizishkiyon: Eron yadro qurolini yaratmaydi
14:15 / 06.11.2024