Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Katta xato»: Citigroup qariyb 1 mlrd dollarni Revlon kreditorlariga adashib o‘tkazib yubordi
Ushbu haftada Brigade Capital Management, Symphony Asset Management va HPS Investment Partners kosmetika kompaniyasini 2016 yilda berilgan kredit bo‘yicha sudga berdi.
Citigroup bankining kredit operatsiyalari bo‘limi xodimlari Revlon kosmetika kompaniyasiga qarz bergan kompaniyalarga 900 mln dollarni o‘tkazib yubordi. Bank keyinroq buni «xato» deb e'lon qildi va ushbu pullarni qaytarishni talab qildi, deb yozadi Bloomberg.
Qayd etilishicha, kosmetika kompaniyasi kreditorlarining hech biri bu pullarni bankka qaytarishga tayyorligini bildirmagan.
Bloomberg bu holatni «Uoll-strit tarixidagi eng katta xatolardan biri» deb atadi.
Agentlikning yozishicha, Revlon kompaniyasi va uning kreditorlari o‘rtasidagi nizo ko‘p yillardan buyon davom etmoqda. Ushbu haftada Brigade Capital Management, Symphony Asset Management va HPS Investment Partners kosmetika kompaniyasini 2016 yilda berilgan kredit bo‘yicha sudga berdi. Shartnoma ko‘ra, Revlon qarzlarini 2023 yilda qaytarishi kerak edi. Ammo da'vogarlarning ta'kidlashicha, kompaniya kredit olish uchun garov sifatida qo‘yilgan intellektual mulk huquqini ta'minot sifatida qo‘yib, yangi kredit olgan.
Shu bois undan qarzlarini zudlik bilan qaytarish talab qilingandi. Kutilmaganda Citigroup xatosi bilan qarz to‘lig‘icha qaytarildi. Shunisi qiziqki, bankning o‘zi ham ushbu da'vo bo‘yicha javobgar hisoblanadi, chunki u qarz bo‘yicha ma'muriy agent sifatida ishtirok etgan.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Brigade, Symphony va HPS bank xatosi bilan o‘tkazilgan pullarni qaytarishdan bosh tortyapti.
Citigroup ushbu holat bo‘yicha ichki surishtiruv boshlagan.
Mavzuga oid
10:10 / 30.12.2025
Citigroup Rossiyadan 1,2 mlrd dollar yo‘qotish bilan chiqib ketishini e’lon qildi
14:17 / 15.07.2025
Citibank O‘zbekistonda vakolatxona ochmoqda
19:01 / 28.02.2025
Amerika kompaniyasi tasodifan mijozning hisobiga 81 trln dollar o‘tkazib yubordi
19:03 / 16.12.2024