Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Citigroup Rossiyadan 1,2 mlrd dollar yo‘qotish bilan chiqib ketishini e’lon qildi
Dunyodagi eng yirik banklardan biri bo‘lgan AQShning Citigroup banki Rossiyadagi so‘nggi aktivlarini sotishini ma’lum qildi. Ularni xarid qiluvchi - Renaissance Capital tuzilmasiga kiruvchi Rossiya kompaniyasi bo‘ladi, ammo uning asl egalari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
AQSh bank konglomerati Citigroup Rossiyadagi so‘nggi biznesini Renaissance Capital’ga sotishini va buning natijasida 1,2 milliard dollar miqdorida zarar (yo‘qotish) ko‘rilishini kutyapti, deb xabar berdi. Bu haqdagi ma’lumotlar dushanba kuni, 29 dekabrda Citigroup saytida va AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) portalida e’lon qilindi.
Citigroup qolgan biznes — uning Rossiyadagi shu’ba banki bo‘lgan “Sitibank”ning qolgan qismi to‘liq ravishda Renaissance Capital kompaniyasiga sotilishini bildirdi. Barcha zarur ruxsatnomalar olinsa, bitim 2026 yilning birinchi yarmida imzolanishi va yakuniga yetkazilishi kutilmoqda.
12 noyabr kuni Vladimir Putin alohida farmon chiqarib, Rossiyadagi “Renessans Kapital — Finansoviy konsultant” ishtirokidagi bunday bitimga ruxsat bergan edi.
Citigroup — AQSh va jahondagi eng yirik banklardan biri, uning jami aktivlari 2,35 trillion dollarni tashkil etadi. Uning tarkibiga 1993 yilda tashkil etilgan Rossiyadagi “Sitibank” ham kiradi. 2021 yilda Citi Rossiyadagi chakana (riteyl) biznesini sotishga qaror qilgan, 2022 yil mart oyida esa sotuvga qo‘yiladigan aktivlar ro‘yxati kengaytirilgan. Ulardan bir qismi 2022 yil oktyabrda “Uralsib” bankiga sotilgan.
2024 yil noyabriga qadar Renaissance Capital’ning Rossiyadagi aktivlari Mixail Proxorovning holdingi tarkibida bo‘lgan. Keyin “Renessans Kapital — Finansoviy konsultant” kompaniyasi sotilgan. Rasman xaridorlar sifatida kompaniyaning o‘z top-menejerlari ko‘rsatilgan. “Interfaks” reyestriga ko‘ra, hozir bu kompaniyaning 99,99 foiz ulushi “RKIP” AJga tegishli. Bu firma ortida kim turgani — noma’lum.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026