Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turizm sub'yektlariga xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi
Vazirlar Mahkamasining 10.07.2020 yildagi «O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 433-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagi nizom tasdiqlandi:
• Xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi sub'yektlarini tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Norma’ning yozishicha, hujjat Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tanlov o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Tanlov asosida tanlab olingan turizm sohasining sub'yektlari xalqaro turistik ko‘rgazma va yarmarkalarda (keyingi o‘rinlarda – ko‘rgazma va (yoki) yarmarka) ko‘rgazma maydonlarini ijaraga olish, eksponatlar uchun inshootlar yaratish va o‘rnatish xarajatlarini qoplashdan ozod qilinadi.
Turizm sohasi yarmarkalari va ko‘rgazmalarida ishtirok etishi uchun turizm sohasi sub'yektlarini tanlab olish Nizomga sxema bo‘yicha (1-ilova) amalga oshiriladi.
Nizomda xalqaro turistik ko‘rgazmalar va yarmarkalar ro‘yxati keltirilgan (2-ilova), ularda ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlar Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Xalqaro turizm yarmarkalari va (yoki) ko‘rgazmalarda xizmatlar va mahsulotlarning yangi turlari bilan ishtirok etish uchun turizm sohasining sub'yekti tadbirdan 90 kun oldin Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi «Milliy PR-markaz» DUKga (keyingi o‘rinlarda - Markaz) belgilangan shaklga (3-ilova) muvofiq arizani shaxsan o‘zi, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda topshiradi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
• tadbirkorlik sub'yekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqida guvohnoma nusxasi;
• turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar nusxalari;
• turizm xizmatlariga qonunchilikda belgilangan tartibda olingan sertifikat nusxasi;
• ushbu Nizomga 4-ilovada ko‘rsatilgan ma'lumotlar mavjudligini tasdiqlovchi ma'lumot va hujjatlar.
Ushbu Nizomda tanlovda ishtirok etish talablari va shartlari sanab o‘tilgan.
Markaz sub'yektlar tomonidan taqdim etilgan arizalarni kelib tushishiga muvofiq ravishda elektron shakldagi daftarda qayd etadi, ularni kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni davomida ko‘rib chiqadi hamda tanlovda ishtirok etish yoki tanlovda ishtirok etishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Nizomda tanlovda ishtirok etishni rad etish uchun asoslar keltirilgan.
Markaz qaror qabul qilgandan keyin 2 ish kuni mobaynida turizm sohasining sub'yektiga qabul qilingan qarorni yuboradi.
Ko‘rgazma va (yoki) yarmarkalarda ishtirok etuvchi turizm sohasining sub'yektlarini tanlab olish Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya tarkibiga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Markaz va O‘zbekiston Xususiy turizm tashkilotlari uyushmasi rahbarlari (mutaxassislari) kiradi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi buyrug‘i bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining rahbariyati tarkibidan mansabdor shaxs komissiya raisi bo‘lishi mumkin.
Ko‘rgazma va (yoki) yarmarkalarda ishtirok etuvchi turizm sohasining sub'yektlarini tanlash Nizomga 2-ilovada keltirilgan ball tizimiga muvofiq amalga oshiriladi. Nizomda turli toifadagi turizm sohasi sub'yektlarini tanlab olish mezonlari va ularning ko‘rsatkichlari keltirilgan.
Shuningdek Nizomda quyidagilar qayd etilgan:
- Turizm sohasi sub'yektlarini tanlab olish bo‘yicha komissiyaning ish tartibi;
- tanlov natijalari bo‘yicha shartnoma tuzish tartibi.
Hujjat 10.07.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
12:02 / 18.06.2026