Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Belarus g‘arbiy chegaralariga desantchilarni tashlashga buyruq berdi

Foto: Belta
U Polsha va Litvada NATO kuchlarining mashg‘ulotlari o‘tkazilishidan xavotirda ekanligini aytdi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Vitebskdan Grodnoga havo-desant brigadasini tashlashga buyruq berdi. Bu haqda Belta agentligi xabar qildi.
U mamlakat mudofaa vazirligi strategik boshqaruv markazida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Polsha va Litvada NATO kuchlarining mashg‘ulotlari o‘tkazilishidan xavotirda ekanligini aytdi.
"Shuning uchun g‘arbiy chegaralardagi keskin vaziyat bois Vitebskdan Grodnoga havo-desant brigadasini tashlashga buyruq berdim", - dedi Belarus prezidenti.
Lukashenko avvalroq Putin bilan Belarus xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha kelishib olganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya birinchi so‘rovdayoq Belarusga xavfsizlikni ta'minlashda yordam beradi. Belarus rahbari bu Ittifoq davlati va KXShT doirasida amalga oshirilishini ta'kidlagan.
9 avgust kuni respublikada bo‘lib o‘tgan prezident saylovlaridan keyin aholi ommaviy norozilik namoyishlariga chiqa boshladi. Namoyishchilarga qarshi yengil granatalar, rezina o‘qlar, suv to‘plari ishlatildi va o‘qotar qurollardan foydalanildi. Bir necha kun ichida 7000dan ortiq odam qo‘lga olindi. 13 avgustdan boshlab respublika aholisi tinchlik aksiyalariga «birdamlik halqasi» shaklida chiqa boshladi.
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

07:37 / 03.07.2025
Lukashenko yil oxirigacha «Oreshnik» Belarusda joylashtirilishini ma’lum qildi

18:47 / 02.07.2025
Lukashenko 16 kishini, jumladan, «ekstremistik» jinoyatlarda ayblanganlarni afv etdi.

18:13 / 21.06.2025
Trampning maxsus vakili Kellog Minskda Lukashenko bilan uchrashdi

20:28 / 07.05.2025