Jahon | 22:53 / 16.08.2020
7380
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada may oyidan beri birinchi marta koronavirusdan bir kun ichida 70dan kamroq odam vafot etdi  

Foto: Vladimir Astapkovich / RIA Novosti

Rossiyada oxirgi sutkada koronavirus infeksiyasidan 68 kishi vafot etdi. Bu esa 3 maydan beri eng past ko‘rsatkichdir. O‘shanda 58 ta o‘lim holati qayd etilgan. Umumiy hisobda mamlakatda koronavirus infketsiyasidan  15 mingdan ko‘proq kishi vafot etgan.

Kasallanganlar soni esa apreldan beri ikkinchi marta 5 mingdan kamroqni tashkil qilgan. Oxirgi marta kunlik kasallanish soni 5 mingdan kamroqni 11 avgustda tashkil qilgan. O‘shanda bir kun ichida 4945 kishida koronavirus aniqlangan. 

Rossiyada oxirgi sutkada koronavirusga chalinganlar soni 4969 nafarni tashkil qilgan. Mamlakatda pandemiya boshidan beri umumiy hisobda 922 mingdan ko‘proq odam koronavirusga chalingan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid