Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya iqtisodiyoti 40 yil ichidagi eng kuchli pasayishni boshdan kechirdi
Yaponiya iqtisodiyoti joriy yilning 2-choragi yakunlariga ko‘ra 1-chorakka nisbatan 7,8 foizga qisqardi. Bu Yaponiyada choraklar bo‘yicha statistika e'lon qilinishi boshlangan 1980 yildan beri mamlakat iqtisodiyoti uchun eng kuchli qisqarish hisoblanadi.
Yillik hisobda Kunchiqar mamlakat iqtisodiyoti 27,8 foizga qisqargan, bu ham Yaponiya uchun antirekord hisoblanadi.
Yaponiya iqtisodiyotining bunday kuchli pasayishi koronavirus pandemiyasi bilan bog‘langan. Koronavirus tarqalishi sababli jamoat joylari yopilishi iste'mol xarajatlarining yil boshiga nisbatan 8,2 foizga qisqarishiga olib kelgan. Yaponiyaga keluvchi sayyohlar xarajatlarini o‘z ichiga oluvchi eksport ko‘rsatkichi chegaralar yopilishi ortida 2-chorak bo‘yicha 18,5 foizga qulagan.
Taqqoslash uchun shuni keltirish mumkinki, 2008-2009 yillardagi jahon moliyaviy inqirozi Yaponiya iqtisodiyoti uchun chorak bo‘yicha maksimal 4,8 foizlik qisqarishga aylangan edi.
Salbiy ko‘rsatkichlarga qaramay, Yaponiya ushbu inqirozli davrni boshqa rivojlangan davlatlarga nisbatan yaxshiroq boshdan o‘tkazmoqda. Misol uchun, AQSh iqtisodiyoti 2-chorakda 9,5 foizga, Germaniya iqtisodiyoti esa 10,1 foizga, Britaniya iqtisodiyoti esa umuman 20,4 foizga qisqargan.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026