Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
17 avgustni Toshkent shahar kuni deb e'lon qilish taklif etildi
Taklif etilayotgan sana qator sabablarga ko‘ra optimal va bayram tadbirlari o‘tkazilishi uchun qulay hisoblanadi.
Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi vakillari 17 avgustga yaqin yakshanba kunini Shahar kuni deb hisoblashni va uni har yili keng nishonlashni taklif etdi. Bu haqda Jamoatchilik kengashi xabarida aytiladi.
90 yil oldin, 1930 yil 17 avgustda O‘zbekiston poytaxti Samarqanddan Toshkentga o‘tkazilgandi. O‘zbekiston Sotsialistik Respublikasi Sovetlar markaziy ijroiya qo‘mitasining Qaroriga ko‘ra, poytaxt almashinishining sababi asosiy paxta yetishtirish va sanoat hududi – Farg‘ona vodiysiga yaqinligini hisobga olgan holda, davlat boshqaruvini optimallashtirish bo‘lgan.
“Poytaxt hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi vakillari 17 avgustga yaqin yakshanba kunini Shahar kuni deb hisoblashni va uni har yili keng nishonlashni taklif etadi”, - deyiladi ma'lumotda.
Ta'kidlanishicha, taklif etilayotgan sana qator sabablarga ko‘ra optimal va bayram tadbirlari o‘tkazilishi uchun qulay hisoblanadi.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026