Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko muxolifatni hokimiyatni egallashga urinishda aybladi
14 avgust kuni prezidentlikka sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya shtabi Belarusda hokimiyatni tinch yo‘l bilan almashtirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilishini e'lon qilgandi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko muxolifat tomonidan tuzilgan muvofiqlashtiruvchi kengashni hokimiyatni egallashga urinish deb atadi. Bu haqda BeLTA xabar bermoqda.
«Ular bizni boshqa tarafga tortishmoqda. Va ko‘p emas-oz emas – hokimiyatni ularga berishni talab qilishmoqda. Demak, biz buni barcha oqibatlarga ega bo‘lgan hokimiyatni egallashga urinish deb baholaymiz», — dedi Lukashenko xavfsizlik kengashi a'zolari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda.
U o‘z raqiblarini hokimiyat va kuch ishlatish tuzilmalarini «uxlatish»ga urinishda aybladi.
«Bu parda. Uning ortiga qarasangiz, nimalar yuz berayotganini ko‘rasiz», — dedi Belarus prezidenti.
14 avgust kuni prezidentlikka sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya shtabi Belarusda hokimiyatni tinch yo‘l bilan almashtirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilishini e'lon qilgandi.
«Biz ko‘pchilik ekanimizni ko‘rsatdik. Bu mamlakat bizga, Belarus xalqiga tegishli, bir odamga emas», – degandi u.
Mavzuga oid
10:05 / 10.07.2026
Lukashenko: O‘zbek oilalarini Belarusda ko‘rishni istaymiz
18:21 / 09.07.2026
Mirziyoyev va Lukashenko muzokaralar yakunlarini sarhisob qildi
16:49 / 09.07.2026
O‘zbekiston va Belarus munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
14:43 / 09.07.2026